"Chelsi" o'z futbolchisini "Al Nassr"ga katta pul evaziga ham sotmaydi
17 apr 17:58
Yangiliklar
"Chelsi" o'z futbolchisini "Al Nassr"ga katta pul evaziga ham sotmaydi
"Al Nassr" "Chelsi" tayanch yarim himoyachisi Moyses Kaysedoni nishonga olgani aytilmoqda.
Saudiya klubining ekvadorlik futbolchini qo'lga kiritish imkoniyati nolga teng. "Chelsi" Kaysedoni katta pulga ham sotmaydi.
Londonda 23 yoshli ekvadorlikni sport loyihasining muhim figurasi deb bilishadi. Shunday ekan, Kaysedo Krishtianu Ronalduning jamoadoshiga aylanmaydi.
Moyses Kaysedo "Chelsi" safida jami 85 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 7 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
Transfermarkt futbolchini 80 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўз уйида "Манчестер Сити"га ютқазди
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Роналду дунёнинг машҳур фильмида роль ўйнайди
Fikrlar