"CHelsi" "Manchester Siti" azosini sotib olish bo'yicha kelishuvga erishdi
31 avg 2023 11:05
Yangiliklar
"CHelsi" "Manchester Siti" azosini sotib olish bo'yicha kelishuvga erishdi
"CHelsi" "Manchester Siti" hujumkor yarim himoyachisi Koul Palmer transferini hal qildi.
Bu haqda "Sky Sports" xabar bermoqda.
"Ko'klar" 21 yoshli angliyalik uchun 40 mln funt to'laydi, yarim himoyachining o'zi allaqachon Londonga o'tishga rozi bo'lgan.
Palmer asli Manchesterlik bo'lib, "Siti" tarbiyalanuvchisi sanaladi. Koul "shaharliklar" asosiy jamoasida 41 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan, shuningdek, 6 ta sovringa ega chiqqan. Yaqinda UEFA Superkubogi uchun o'tkazilgan o'yinda futbolchi "Sevilya"ga qarshi o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Palmer "Siti" tizimida U-21 jamoalari o'rtasida Evropa chempioniga aylangan, 105 ta uchrashuvda "gol+pas" tizimida "48+21" natija qayd etgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar