"Chelsi" Bellingem uchun katta taklif tayyorlamoqda
11 mar 12:26
Yangiliklar


"Chelsi" Bellingem uchun katta taklif tayyorlamoqda
"Chelsi" "Sanderlend"ning angliyalik xavbeki Job Bellingemni o'z safiga qo'shib olishni juda xohlamoqda.
Qayd etilishicha, londonliklar iqtidor uchun raqobatda raqiblarini ortda qoldirish uchun katta miqdorda pul taklif qilishga tayyor. Manbaning qo'shimcha qilishicha, futbolchi ortidan ulkan navbat yuzaga kelgan. Shu tariqa, Bellingemni "Tottenxem", "Arsenal", "Manchester Yunayted", "Borussiya Dortmund", "Kristal Pelas" va "Bayer" klublari kuzatib bormoqda.
Job Bellingem "Real" yarim himoyachisi Jud Bellingemning ukasi hisoblanadi. Xavbek "Sanderlend" safida jami 79 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol va 4 ta assist qayd etdi. Transfermarkt portali futbolchini 18 mln evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar