Championat.asia va Transfermarkt hamkorlikda Superligada may oyining eng yaxshi futbolchisi hamda murabbiyini aniqladi
06 iyu 2022 17:01
Yangiliklar
Championat.asia va Transfermarkt hamkorlikda Superligada may oyining eng yaxshi futbolchisi hamda murabbiyini aniqladi
Yaqinda yangi rukn yaratish g'oyasi bo'yicha taklif berdik, unga ko'ra Superligada oyning eng yaxshi murabbiyi va eng yaxshi futbolchisini aniqlaymiz.
Ovoz berish jarayonida Transfermarkt xodimlari va “Championat.Asia” sayti tahririyati ishtirok etdi. Qolaversa, “Neftchi”ning sobiq futbolchisi, “Surxon” klubi sobiq murabbiyi Bahrom Haydarov ham mutaxassis sifatida o'z tanlovini bildirdi.
May oyining eng yaxshi murabbiy nomi uchun keskin kurash kechdi. Natijalarga ko'ra, AGMK ustozi Mirjalol Qosimov 40 foiz ovoz to'pladi. “Nasaf” bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev olmaliqliklar ustozidan atigi bir ball kam to'pladi. Qosimov boshchiligidagi AGMK olti uchrashuvda (4 g'alaba va 2 durang) 14 ochko jamg'ardi.

“Nasaf” azosi Oybek Bozorov esa Superligada may oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. "Ajdarlar" yarim himoyachisi jamoasining beshta o'yinida asosiy tarkibda maydonga tushib, beshta gol urdi. Bozorovga ekspertlarning yarmi ovoz bergan, futbolchi eng yaqin taqibchisidan 13 ochko ko'proq jamg'ardi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar