So’nggi yangiliklar

13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  0 12:59Рубен Диаш: “Ман Сити”да янги ўйинчилар пайдо бўлди, лекин сифат ўзгармаган"  0 12:17Уэйн Руни: “МЮнинг ўтган ёзгача бўлган трансфер сиёсати даҳшатли эди"  0 11:53Ўзбекистон U-23 терма жамоаси асосий таркиби эълон қилинди  3 11:37Рауль Кумар: "Қатарга узоққа бориш мақсадида ташриф буюрганмиз ва биздан шуни кутишмоқда"  3 11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  20 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  1 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  2 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  3 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  3 08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  24 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  3

"Cementchi"da futbolni yaxshi ko'radigan rahbar bor, tarkibga 2010 yilda tug'ilgan futbolchini ham jalb qildik" - Murod Ismoilov yana nimalar dedi? Yangiliklar

"Cementchi"da futbolni yaxshi ko'radigan rahbar bor, tarkibga 2010 yilda tug'ilgan futbolchini ham jalb qildik" - Murod Ismoilov yana nimalar dedi?

Xabaringiz bor, "Paxtakor", "Neftchi" jamoalaridagi faoliyati bilan tanilgan tajribali mutaxassis Birinchi liga klubi "Cementchi"da ish boshladi.

Murabbiyning so'nggi ish joyi "Turon" bo'lgan edi. SHundan so'ng Murod Muzaffarovichni biror jamoada uchratganimiz yo'q. "Cementchi" taklifi va boshqa mavzularda murabbiyning fikrlarini tingladik. 


- Faoliyatingizda malum bir tanaffus yuzaga kelgan edi. SHu davrda futbolimizni, chempionatimizni tashqaridan kuzatish imkoni bo'ldimi?

- Avvalambor saytingiz ijodiy jamoasiga suhbat uchun tashakkur aytaman. Omad tilayman. Oradagi tanaffusdan foydalanib imkoniyatdan kelib chiqib xaj amalini bajarib keldik. Bundan tashqari bolalar, o'smirlar, yoshlar futbolini kuzatib bordim. O'zim uchun kerakli malumotlarni, tajribani to'pladim. Albatta maydonda va tashqaridan beriladigan bahoda er bilan osmoncha farq bor. Maydonda siz hissiyotlarga berilib, azartda baho bersangiz, tashqarida xotirjam va tahlil qilib, xolisona yondoshasiz. 

- Bu yilgi vodiy klublarining Superligadagi ishtiroki qanchalik kutilgandek bo'lyapti?

- Vodiyda barcha jamoalar o'z musobaqalarida yaxshi natijalar ko'rsatishyapti. Mana sevimli "Turon" jamoamiz ham g'alabalar qozonishni boshladi. O'ylaymanki, yaqin vaqt ichida "Turon" ham oldiga qo'ygan maqsadiga erishadi. Barcha jamoaga omad tilayman. Barchalari sog'-salomat bo'lishsin. 

- Birinchi liga jamoasi Cementchidan tushgan taklif qay tomonlama sizga maqul keldi? 

- 2000 yillarda o'zim "Cementchi" jamoasida to'p tepganman. Qaysidir manoda tarixiy va men uchun begona bo'lmagan klub hisoblanadi. "Cementchi"da futbolni yaxshi ko'radigan rahbar bor. O'sha vaqtdagi kabi bugun ham Mo'ysinjon Xoji Mehmonov bosh homiy hisoblanadilar. Bu insonni futbolga bo'lgan mehri tufayli shu jamoaga keldim. 

- Tajribangizdan kelib chiqib aytganda Birinchi ligada ishlash qay tomonlama qiyin yoki oson?

- Birinchi ligada ko'proq yosh futbolchilar qatnashadi. Qiyin tomoni ularga ko'p narsani o'rgatish kerak. Oson tomoni ularda ishtiyoq baland. Har bir ko'rsatmangizni katta ishtiyoq bilan bajarishi engillik beradi. 

- Klub oldiga qanday maqsad qo'yilgan?

- Rahbariyat tomonidan ko'proq yoshlar bilan to'ldirish, Birinchi ligada raqobatbardosh jamoa tuzish maqsadlari qo'yildi. Pro liga, Superliga jamoalariga yaxshi futbolchilarni etishtirib berishni maqsad qilganmiz. 

- SHu maqsadlarga yarasha sharoitlar yaratib berilyaptimi?

- "Cementchi" klubining o'z qarorgohi bor. Uy uchrashuvini o'tkazadigan shinam o'yingohga ega, maydonlar holati ham yaxshi. Stadion yoritgichlari ham yaxshi holatda. Birinchi liga uchun sharoitlar yomon emas. Oziq-ovqat, kiyim bilan taminlangan. Rahbariyat nima kerak bo'lsa, yaratib beryapti. Bundan tashqari yaqinda "Cementchi" futbol klubi qoshida futbol maktabi tashkil qilindi. U erda 100dan oshiq bola shug'ullanyapti. Murabbiylar ishlayapti. Kelajakda yana kengaytirish borasida rejalar qilingan. 

- "Cementchida"gi tarkib haqida fikringiz qanday? Transfer oynasidan qanchalik foydalana oldingiz?

- Tarkibimiz tubdan o'zgargan. 2-3ta poziciyaga tajribali futbolchilar oldik. Qolganlar 2006-2008, hattoki 2010 yilda tug'ilgan terma jamoa azosini ham jalb qilyapmiz. "Farovon" futbol maktabidan futbolchilar jalb qildik. Ular asosiy tarkibga qo'shilishi ehtimoli katta. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика