So’nggi yangiliklar

10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  0 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  0 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  4 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  18 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  2 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  3 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  11 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  8

"CA"dagi Abramov voqeasi! Yangiliklar

"CA"dagi Abramov voqeasi!

Hurmatli, o'quvchilar!

Saytimizning barcha o'quvchisini birdek hurmat qilamiz, ammo bugun PFLning telegramdagi kanali va ularning tvitterdagi rasmiy akauntlarida elon qilingan, "OAVda paydo bo'lgan Vadim Abramovning "Buxoro" bosh murabbiyi etib tayinlangani haqidagi xabarlar asossiz" xabaridan so'ng saytimizga juda ko'plab nomaqul gaplar kelib tushdi, juda ko'plab. Ularning orasida haqoratli "komentlar" ham bo'ldi!

Ammo biz voqealarni rasmiy ko'rinish olishini kutib sabr qildik. 

PFL tomonidan xabar soat 10:46da elon qilingan. Eng qizig'i, soat 10:42da saytimizda Abramov emas, Baqoev bosh murabbiy bo'lishi, Vadim Karlenovich yordamchi murabbiy lavozimida faoliyat olib borishi haqida xabar chiqqandi. Ammo bu xabarni hech kim inobatga olmadi.

Vadim Abramov kecha "Buxoro"da bo'lgan va hokimning yordamchisi bilan kelajak rejalari haqida gaplashib olgan. Aynan shu voqealar rivojidan biz xabardor edik. Bugun esa voqealar rivoji biroz boshqacha tus olgani, Abramovni yordamchi murabbiy lavozimida ko'rishayotganini aytishdi. Undan tashqari, "Buxoro"ning 2016 yildagi qarzlari uzilishi kerakligi ham takidlangan. SHu boisdan 2017 yil uchun byudjet biroz kam bo'ladi. Asosiy etibor mahalliy yoshlarga qaratiladi. Yoshlar bilan ishlashda esa Abramovning tajribasi katta. Biz aniq malumotga tayanib axborot tarqatgan edik.

PFL reglamentiga ko'ra, Ulug'bek Baqoev bosh murabbiy sifatida ko'rsatilgani bilan, uning "A" licenziyasi bilan qaydnomada bosh murabbiy sifatida qayd etib bo'lmaydi. Aksincha, Vadim Abramovning "PRO" licenziyasi uni qaydnomadan bosh murabbiy bo'lib o'tishiga kifoya. Matbuot anjumanida ham, huddi "Lokomotiv"da bo'lgani kabi qaydnomadagi bosh murabbiy ishtirok etadi. 

Demak, "CA" asosli xabar bergan! 

Sizlardan shuni iltimos qilardik-ki, o'zbek futbolida axborot topish juda qiyin. Toki transfer masalasi hal bo'lmaguniga qadar hech kim, hech qanday axborot bermaydi. Mana shu holatlarni inobatga olib, fikr bildirishda boshqa malumotlardagi asossiz xabarlarga ishonmang.

Vadim Abramov va Ulug'bek Baqoevga saytimiz nomidan omad tilaymiz!


Hurmat bilan,

Championat.asia tahririyati. 


Reyting: +68   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика