So’nggi yangiliklar

01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  0 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  1 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  2 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  2 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  6 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  6 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  17 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   5 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2

“Buxoro” tomoshabinlar tashrifi bo'yicha peshqadam! Yangiliklar

“Buxoro” tomoshabinlar tashrifi bo'yicha peshqadam!

Kuni-kecha mamlakatimizning bir qator shahar va tumanlarida oliy liganing 17-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Unda muxlislar bir qator qiziqarli o'yinlarga guvoh bo'ldi. Tur yakunlariga ko'ra, ishqibozlarning stadionga tashrifi borasida buxoroliklar peshqadam bo'ldi. Boisi shanba oqshomida bo'lib o'tgan “Buxoro” – “Nasaf” bahsini 13 680 nafar tomoshabin bevosita stadionda kuzatib bordi. Bu esa turning qolgan 7ta o'yini ichida eng yuqorisi bo'ldi. Etiborlisi boshqa o'yinlarda qayd etilgan muxlislar tashrifi 10 000 nafardan ham oshmagan. “Nasaf” ustidan qozonilgan g'alaba kelgusi uchrashuvlarda tomoshabinlarning stadionga tashrifini yanada oshirsa ajab emas. Yuqori o'rinlar uchun kurash olib borayotgan “Buxoro” uchun ham muxlislarning daldasi juda muhimdir. Zero, “Buxoro” muxlislar uchun o'ynaydi. Ularning qo'llab-quvvatlashini jamoamiz doimo his etadi. 



Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?

Bunyodkor (Toshkent) – Olmaliq (Olmaliq) – 1:0. 678 tomoshabin.
Metallurg (Bekobod) - Mashal (Muborak) - 0:1. 1169 tomoshabin.
So'g'diyona (Jizzax) - Lokomotiv (Toshkent) – 0:4. 3220 tomoshabin.
SHo'rtan (G'uzor) - Dinamo (Samarqand) – 1:0. 3751 tomoshabin.
Paxtakor (Toshkent) - Neftchi (Farg'ona) – 6:0. 6155 tomoshabin.
Navbahor (Namangan) - Qizilqum (Navoiy) – 3:2. 6323 tomoshabin.
Qo'qon-1912 (Qo'qon) - Obod (Toshkent) - 1:0. 5500 tomoshabin.
Buxoro (Buxoro) – Nasaf (Qarshi) – 1:0. 13680 tomoshabin.

“Buxoro” matbuot xizmati.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика