Butrageno: "Oldinda "Real Sosedad" bilan bahs bor, PSJ haqida keyin o'ylaymiz"
05 fev 2018 12:55
Yangiliklar
Butrageno: "Oldinda "Real Sosedad" bilan bahs bor, PSJ haqida keyin o'ylaymiz"
"Real"ning jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi direktori Emilio Butragenoning so'zlariga ko'ra, jamoa ayni damda PSJga qarshi bo'ladigan CHempionlar ligasi bahsiga etibor qaratmagan.
Bu bahsgacha Zinedin Zidan shogirdlari 10 fevral kuni "Real Sosedad" bilan o'ynashadi.
"PSJga qarshi uchrashuvdan oldin "Real Sosedad" bilan o'yin bor. PSJ bilan bahs yaqinlashmoqda, ammo biz uchun hamma o'yinlar muhim. Zidan aytganidek, eng muhim uchrashuv - navbatdagisi. PSJ haqida keyin o'ylaymiz" - deydi Butrageno.
"Real" va PSJ o'rtasidagi CHempionlar ligasi 1/8 final ilk uchrashuvi 14 fevral, javob o'yini esa 6 mart kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar