So’nggi yangiliklar

01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  1 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  7 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  2 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:46АПЛ. "Сандерленд" - "Манчестер Сити", "Брентфорд" - "Тоттенхэм" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  6 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  11 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  3 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  5

Rasmiy xabar: "Bunyodkor" Rivaldo va Denilson bilan kelishib oldi. Qarzlar to'liq beriladimi? Yangiliklar

Rasmiy xabar: "Bunyodkor" Rivaldo va Denilson bilan kelishib oldi. Qarzlar to'liq beriladimi?

SHu yilning 7 fevral kuni FIFA "Bunyodkor" sobiq futbolchilari Rivaldo va Denilson shikoyatlari bo'yicha qayta ish ochgan bo'lib, oradan 15 kun o'tib klub futbolchilar oldidagi qarzdorlik majburiyatini bajarishi lozimligi to'g'risida qaror chiqargandi.

OFK licenziyalashi talabidan kelib chiqib, professional futbol klubi yilning 31 mart sanasiga qadar qarzdorlik bilan bog'liq masalalarni hal etishi lozim. Olib borilgan muzokaralar natijasida tomonlar 30 mart kuni kelishuvga erishdi. Natijada "Bunyodkor" licenziyalash platformasiga lozim hujjatlarni yuklashga ulgurdi.

FIFA qaroriga ko'ra, "Bunyodkor" Rivaldo va Denilson oldidagi qarzdorlikni shu yilning 7 aprel sanasiga qadar bartaraf etishi kerak edi. Yangi kelishuvga ko'ra to'lanishi lozim bo'lgan summalar sezilarli ko'rinishda kamaytirildi. Qo'shimchasiga, kelishilgan summa Denilsonga 2026 yilgacha uch qismga bo'lib to'lanadigan bo'ldi. Rivaldo bilan hisob-kitob esa 2028 yilga qadar har yili bir martadan amalga oshiriladigan bo'ldi.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика