So’nggi yangiliklar

09:41"Манчестер Сити" етакчиси EЧЛнинг 2-турида тушмаслиги мумкин  0 09:08ОЧЛ 2. "Андижон" - "Ал Аҳли" учрашуви чипталарининг нархи маълум  0 08:40Sofascore. Шомуродов шериклари орасида энг яхшиси  0 08:13Суперлига. Бугун яна иккита учрашув бўлиб ўтади  0 07:44Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Ҳилол"ни меҳмон қилади  6 05:55Суперлига. "Қўқон-1912" – "Бунёдкор" 2:2   0 01:58А Серия. "Рома" "Верона"ни, "Милан" эса "Наполи"ни мағлуб этди  13 23:57"Ливерпуль" ва "Реал" нидерландиялик иқтидор учун беллашади  7 23:28Ла Лига. "Барселона" "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда камбэк қайд этди, Ямал тушганидан бир дақиқа ўтиб ғалаба голига ассистентлик қилди  64 23:13ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида "Сумқайит" билан дуранг ўйнади, Раҳмоналиев тўлиқ ҳаракат қилди  1 22:52Илёс Зейтуллаев: "Майдонни бундай ажойиб ҳолатга келтирган инсонларга раҳмат. "Қўқон-1912"га қарши учрашувларимиз қизиқарли бўлмоқда"  4 22:43АПЛ. "Арсенал" "Ньюкасл"га қарши ўйинда камбэк қайд этиб, ғалабага эришди   22 22:20"Насаф"нинг "Ал Ҳилол"га қарши ўйиндан олдинги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 21:45Баҳром Ҳайдаров: "Чиройли ўйин гувоҳига айландик, дуранг адолатли натижа"  1 21:19"Ал Ҳилол"нинг Қаршидаги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  7

"Bunyodkor": OFKning ikki kunlik seminari yakunlandi Yangiliklar

"Bunyodkor": OFKning ikki kunlik seminari yakunlandi

Teglar :  Bunyodkor
OFK Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida 10-11 dekabr kunlari klublar vakillari uchun ikki kunlik seminar tashkil etdi.

Unda 2016 yilgi OFK kubogi va OCHL musobaqasida ishtirok etadigan klublarning menejerlari va matbuot kotiblari ishtirok etishdi. Marosimda “Bunyodkor” FK nomidan Islomjon Xodjaev (jamoa menejeri) va Bahodir Mirzaev (matbuot kotibi) qatnashishdi.

Seminarning birinchi kunida asosan 2015 yilgi mavsum tahlili va navbatdagi musobaqalar oldidan reglamentda yuz bergan o'zgarishlarga alohida to'xtalib o'tildi. O'zgarishlardan ko'pchilikning etiborini tortgan jihat sifatida, OFK kubogi va OCHL musobaqalarining mukofot jamg'armalari ikki barobarga oshirilganligi bo'ldi. SHuningdek, seminarning dastlabki kunida har ikkala musobaqaning guruh bosqichi uchun rasmiy qura marosimi o'tkazildi.

11 dekabr kungi ilmiy seminarning birinchi yarmida ham musobaqalar tartib-qoidalari haqida tushunchalar berildi. SHifokorlar masalasiga urg'u qaratildi. Muxlislar bilan ishlash bo'yicha ko'rsatmalar aytib o'tildi. Tushlikdan keyin esa klublar vakillari “pley-off” va guruhdagi raqiblari uchun o'z jamoalarini maxsus slaydlar asosida tanishtirishdi. SHundan so'ng OFK marketing xizmati xodimlari klublar vakillaridan jamoalarning rasmiy liboslarini belgilangan tartib asosida qabul qilib olishdi.

SHu tariqa, 2016 yilgi mavsum oldidan OFK kubogi va OCHL musobaqalari ishtirokchilari uchun uyushtirilgan seminar yakunlandi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика