So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  15 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  10 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  171 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  55 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  10 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

"Bunyodkor" mitti "qaldirg'ochlar"iga ishonadi Yangiliklar

"Bunyodkor" mitti "qaldirg'ochlar"iga ishonadi

Teglar :  BunyodkorTurkiya
Superliganing yangi mavsumi boshlanishiga bir oydan kamroq vaqt qoldi.

O'zbekiston chempionatining aksar ishtirokchilari o'quv-mashg'ulot yig'inlarini Turkiyaning Antaliya shahrida davom ettirmoqda. Xususan, SHuhrat Maqsudov boshchiligidagi "Bunyodkor" ham. Toshkent klubi 5 fevral kuni "Asteria Kremlin Palace" mehmonxonasiga kelib joylashdi. 

Turkiyaga yig'iniga 25 nafar futbolchi olib kelindi.

Darvozabonlar – Sarvar Karimov, Zafar Safoev, Suhrobjon Sultonov.

Himoyachilar – Avazbek O'lmasaliev, Sardorbek Xursandov, Davronjon Ergashev, Muhammadodil Qahramonov, Xurshid Ubaydullaev, Jahongir O'rozov, Mahmudjon Mahamadjonov, Farhod Mirahmatov.

Yarim himoyachilar – Dilshod Jo'raev, Odiljon Abdurahmonov, Umarali Rahmonaliev, Suhrob Izzatov, Rasul Yo'ldoshev, Bilol Tupliev, Sirojiddin Bashriddinov, G'ayrat Azizxo'jaev.

Hujumchilar – Muzaffar Olimjonov, Umidbek Sultonov, Usmonali Ismonaliev, Alfayzi Nematov, Husayn Ergashboev, Farrux Ikromov.

Murabbiylar shtabi dastlabki mashg'ulotlar jarayonida o'yinchilarning jismoniy holatini yaxshilashga etibor qaratyapti. Yig'in yakuniga qadar rejalashtirilgan 5ta o'rtoqlik uchrashuvi esa jamoaviy o'yinni shakllantirish va kamchiliklarni ko'rib olish uchun xizmat qiladi.

"Bunyodkor" matbuot xizmati elon qilgan suratlarda ko'pchilikning etibori Farruh Ikromovga qaratildi. U terma jamoaning SHveciyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida jarohatlanib, safdan chiqqan edi. Quvonarli jihati, Superliganing o'tgan mavsumida porlagan yarim himoyachi jarohatini davolashga ulgurgan. Ammo, Ikromovning maydonga qaytishi biroz vaqt talab qiladi. U ayni paytda yakka tartibda ishlamoqda.

SHuningdek, jamoa muxlislarini yana bir savol qiynamoqda: mavsum startiga qadar tajribali futbolchilar olib kelinadimi? Bu o'rinli savol. CHunki 2021 yil oxirida yana asosiy tarkibning 6 nafar vakili boshqa jamoalarga o'tib ketdi: Abdulla Abdullaev, Ulug'bek Abdullaev, Lutfulla To'raev, Xurshid G'iyosov, Nurillo To'xtasinov, Mirjahon Mirahmadov.

Bu borada jamoa ustozi SHuhrat Maqsudov bilan suhbatlashdik. Murabbiyning takidlashicha, katta pullar evaziga 1 yillik legionerlarni jalb qilib, natija uchun o'ynash bugungi "Bunyodkor"ning siyosatiga mos kelmaydi. Jamoa ixtiyorida ajoyib akademiya bor. Bugungi rahbariyat va murabbiylar shundan imkon qadar unumli foydalanishni maqsad qilgan. 

"Albatta, tarkibda kuchli futbolchilarni jamlash yaxshi, bu murabbiyning ishini engillashtiradi. Yoshlarda esa ishtiyoq kuchli. Ko'zlari yonib turgan yigitlar bilan ishlash yoqimli.

"Bizda akademiya bor. U erda ajoyib yigitlar tarbiyalanmoqda. Imkon qadar o'z "qaldirg'ochlarimiz"ning yo'lini ochishga harakat qilamiz. Ular qancha balandga parvoz qilishsa, biz uchun shunchalik yaxshi", - deydi SHuhrat Maqsudov. SHuningdek, murabbiy Superliganing navbatdagi mavsumida katta sahnaga yangi iqtidorlar chiqishiga vada berdi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика