“Bunyodkor” FK prezidenti Ulug'bek Ashurovni tavallud ayyomi bilan tabriklaymiz!
22 avg 2018 14:10
Yangiliklar
“Bunyodkor” FK prezidenti Ulug'bek Ashurovni tavallud ayyomi bilan tabriklaymiz!
Bugun, 22 avgust kuni, “O'zbekneftgaz” akciyadorlik jamiyati Boshqaruv raisining iqtisodiyot va moliya ishlari bo'yicha o'rinbosari, “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti Ulug'bek Murodilloevich Ashurovning tug'ilgan kuni.
Bunday quvonchli kunda “Bunyodkor” futbol klubining butun kollektivi – rahbariyat, murabbiylar, futbolchilar, xodimlar hamda jonkuyar muxlislarimiz Ulug'bek Murodilloevichni tavallud ayyomi bilan chin yurakdan tabriklaydilar va qutlaydilar!
Hurmatli Ulug'bek Murodilloevich! Fursatdan foydalanib, Sizga uzoq umr, tan-sihatlik, mamlakatimiz ravnaqi yo'lida olib borayotgan tinimsiz mehnatlaringizga baraka, oilangizga ko'tarinkilik tilab qolamiz! O'zbek futboli, jumladan, “Bunyodkor” futbol klubi rivoji uchun amalga oshirayotgan g'amxo'rlik hamda munosib etibor uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz!
“Bunyodkor” futbol klubi
Fikrlar