So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  2 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  18 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

"Bunyodkor" BAA klubi bilan hamkorlik memorandumi imzoladi Yangiliklar

"Bunyodkor" BAA klubi bilan hamkorlik memorandumi imzoladi

Bunyodkor futbol klubi BAAning Baniyas jamoasi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.

«Bunyodkor» futbol klubi barcha yo'nalishlarda keng ko'lamda ish olib borayotgani hech kimga sir emas. Akademiya faoliyatining kengayishi, turli hududlarda filiallarni ochilishi, yaqindagina OFK tomonidan akademiyaga «ikki yulduz akademiya» maqomi berilishi, marketing yo'nalishida olib borilayotgan ishlar so'zimizga isbot bo'la oladi. Klub doirasida olib borilayotgan islohatlar kengaymoqda. Kuni kecha klub mutasaddilari BAAga safar uyushtirib, «Baniyas» jamoasi rahbarlari bilan uchrashdi.

Avvalo «Baniyas» klubi haqida malumot bersak. Bu jamoa nafaqat futbol, balki sportning boshqa turlariga ham ixtisoslashgan klub hisoblanadi. 1982 yil tashkil topgan «Baniyas» qoshida futboldan tashqari voleybol, basketbol, gandbol jamoalari bor. BAAning yuqori ligasida ishtirok etadigan klub uy uchrashuvlarini 10 ming muxlisni sig'diradigan «Baniyas» stadionida o'tkazadi. Lekin klub direktorlar kengashini bu qoniqtirmagani sababli jamoa uchun sport shaharchasini qurish rejalashtirilgan. Aniqrog'i, qurilish ishlari boshlanib bo'lgan. Sport shaharchasida jamoa uchun barcha sharoitlar muhayyo qilinadi. Xususan, katta-kichik mashg'ulot maydonchalari, sportning turli yo'nalishlari uchun yopiq zal, qolaversa, suzish havzasi, o'quv-mashg'ulot bazasi, mehmonxona, savdo markazlari qurilishi ham rejadan o'rin olgan. Qisqacha aytganda, umumiy qiymati 1 milliard 100 million AQSH dollarini tashkil qiladigan mazkur shaharchada barcha istaganingizni topasiz. Ahamiyatlisi, barcha mablag' klub tomonidan ajratilmoqda. Qurilish ishlariga dunyoning turli burchaklaridan o'z ishining eng kuchli mutaxassislari jalb qilingan. 

Ikkala jamoa rasmiylarining uchrashuvidan asosiy maqsad klublar o'rtasida barcha yo'nalishlarda o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish, buni hujjatlarda rasmiylashtirish edi. Tadbirda «Baniyas»ning direktorlar kengashi raisi doktor Ahmad Nosir Al Raisi boshchiligidagi kengash azolari hamda «Bunyodkor» Bosh direktori Ulug'bek Mirzaev, bosh hisobchi Bekzod Egamov, moliya menejeri SHomurod Isroilov, marketing bo'limi xodimi SHuhrat Turdiev ishtirok etdi.

Muzokaralarga ko'ra, ikkala klubning akademiya jamoalari BAA hamda O'zbekistonda tashkil etiladigan musobaqalarda qatnashishi, murabbiylarning malaka oshirishi, shuningdek, ayollar hamda asosiy tarkibning o'rtoqlik o'yinlari, marketing bo'limlarining hamkorliklari bo'yicha kelishuvga erishildi.

«Barchamizga malumki, «Baniyas» nafaqat BAAda, balki Osiyoda ham taniqli jamoalardan biri. Bu jamoa Osiyo CHempionlar ligasi doirasida Toshkentga tashrif buyurgan, o'zbek muxlislariga yaxshi tanish. SHuningdek, «Bunyodkor» ham CHempionlar ligasining doimiy ishtirokchilaridan biri, qitada o'z o'rni va nufuziga ega. O'ylaymanki, Osiyodagi taniqli ikkala klubning xalqaro kelishuvi tomonlar uchun foydali va samarali bo'ladi», deya fikr bildirdi «Bunyodkor» Bosh direktori Ulug'bek Mirzaev.


Malumot o'rnida aytib o'tamiz, «Baniyas» futbol klubi rahbarlarini Toshkentga tashrif buyurishi mart oyiga rejalashtirilgan. Mehmonlar «Bunyodkor» stadioni, akademiyasi, infrastrukturasi bilan yaqindan tanishadi. SHundan so'ng tomonlar memorandumning amaliy bosqichiga o'tishadi. O'zaro kelishuvlar hayotga tatbiq qilinadi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика