So’nggi yangiliklar

14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  0 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  1 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  4 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  22 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4

“Bunyodkor” azolari “Qirol Fahd” stadionida mashg'ulot o'tkazdi. VIDEO Yangiliklar

“Bunyodkor” azolari “Qirol Fahd” stadionida mashg'ulot o'tkazdi. VIDEO

Ar-Riyodga 12 may kuni tushlikdan so'ng etib kelgan Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi mahalliy vaqt bilan kech soat 21:00da Saudiya Arabistonidagi eng ulkan arena – “Qirol Fahd” xalqaro stadionida o'zining ilk mashg'ulotini o'tkazdi.
Roppa-rosa bir soat davom etgan mashg'ulot jarayonida Saudiya Arabistoniga olib kelingan barcha 18 nafar futbolchi ishtirok etdi. Tarkibda yo'qotishlar yo'q, futbolchilarning kayfiyati jangavor ruhda.

Aslini olganda, Osiyo CHempionlar ligasi reglamentiga ko'ra, “Bunyodkor” ushbu stadionda 13 may kuni o'zining o'yinoldi rasmiy mashg'ulotini o'tkazishi kerak edi. Biroq rasmiy mashg'ulot o'tadigan paytda ushbu stadion Osiyo CHempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvlari doirasidagi “Al-SHabab” – “Al-Ittihod” bahsiga mezbonlik qilayotgan bo'ladi. “Qirol Fahd” xalqaro stadioni “Al-Hilol”, “Al-SHabab” va “Al-Nasr” klublarining uy arenasi hisoblanadi. SHu boisdan ham “Bunyodkor” ushbu arena chimlarini 12 may sanasida sinab ko'rdi. Endi “Bunyodkor”ning ertangi tayyorgarligi boshqa maydonda o'tadi.

Futbolchilar mashg'ulot jarayonida murabbiylar tomonidan berilgan barcha ko'rsatma va yuklamalarni to'liq bajarishdi. Ularning hozirgi holati yuqori saviyada, kayfiyatlari esa jangavor ruhda ekanligini shundoqqina ko'rinib turardi.

O'ylaymizki, “Bunyodkor” 14 may oqshomida “Al-Hilol” bilan bahsda o'zi uchun kerakli bo'lgan ijobiy natijani qayd etib, o'zbekistonlik futbol muxlislariga olam-olam quvonch ulashadi.

Quyidagi havola orqali “Bunyodkor”ning “Qirol Fahd” xalqaro stadionidagi mashg'uloti videosharhi bilan tanishishingiz mumkin.
 
TAS-IX emas


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика