So’nggi yangiliklar

01:57АПЛ старт олди: "Ливерпуль" мавсумни қийин ғалаба билан бошлади  6 01:33Башар Ресан: "Бу ғалабали йўлни "Андижон"га қарши ўйинда ҳам давом эттирмоқчимиз"  2 01:20"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Ноттингем"га ўтиши мумкин  0 01:00"Ал Ҳилол" қачон Қаршига келади? "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги тақвими маълум  1 00:49Уго Экитике - АПЛнинг 2025/26 йилги мавсуми илк голи муаллифи!  1 00:32"Байер" Эрик тен Хаг қўл остидаги илк расмий ўйинида йирик ғалаба қайд этди  2 00:06ЛаЛига қайтди! Илк ўйинда Мадрид жамоаси Каталонияда ғалабага эришди  0 23:57Жованни Леони дунёнинг энг яхши ҳимоячиси кимлигини айтди  1 23:40Ханс-Дитер Флик: "Учта соврин - бошланиш ҳолос"  8 22:59Иван Бошкович: "Бугун биз яхши рақибга мағлуб бўлдик, бундан трагедия ясаш керак эмас"  3 22:30"Ливерпуль" 18 ёшли ҳимоячини 35 миллион еврога сотиб олди  0 22:15"Андижон"га қарши ўйин, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги имконияти, бугунги ҳимоявий ўйин ҳақида - Камолиддин Тожиев иштирокидаги матбуот анжумани  6 21:47"Андижон"нинг халқаро майдондаги ўйинлари тақвими маълум қилинди  19 21:28Микель Артета: "Арсенал" катта соврин ютиши керак"  1 20:36"Бавария" "Челси" билан Нкункунинг трансфери бўйича музокараларни бошлади. Вингер мюнхенликлар сафига ўтмоқчи  1

Bundesliga start olmoqda. "Bavariya" - "Volfsburg". PREVYU Yangiliklar

Bundesliga start olmoqda. "Bavariya" - "Volfsburg". PREVYU

Bugun dunyoning eng qiziqarli chempionati hisoblanib kelinadigan Bundesliganing yangi 2014/2015 mavsumiga start beriladi.

Germaniya chempionatining yangi mavsumini amaldagi chempion Myunxenning "Bavariya" hamda Volfsburg shahrining "Volfsburg" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv ochib beradi.  

Bugungi bahs har ikkala jamoalar uchun qiyin kechishi tabiiy. Sababi, mavsum boshi bo'lganligi tufayli, jamoalar etarli o'yin amaliyotiga ega emaslar va futbolchilarning sport formasi hali optimal holatga kelib ulgurmagan. Xosep Gvardiola jamoasi tarkibida mavsum boshidan muammolar etarlicha va klub bu holatni to'g'ri tushunib turibdi. "Bavariya" etakchilari Bastian SHvaynshtayger, Frank Riberi, Xavi Martinez, Tyago Alkantara kabi futbolchilarda jarohat bor va ular mavsum boshini o'tkazib yuborishlari aniq. SHuningdek, Aren Robben yaqindagina klub mashg'ulotlariga kelib qo'shildi va jamoa bilan o'quv-nazorat o'yinlarining ko'p qismini o'tkazib yubordi. Ayni paytda gollandiyalik futbolchi o'z jismoniy holatini yaxshilash borasida shug'ullanmoqda. "Volfsburg"ga qarshi o'yinda uning maydonga tushish yoki tushmasligi so'roq ostida turibdi. Tomas Myuller ham hozirda mavsumga to'liq tayyor emas. Lekin u bugungi bahsni asosiy tarkibda boshlashi kutilmoqda.


Mavsumlar oralig'ida jamoa safiga yangi kelib qo'shilgan Robert Levandovski, Xuan Bernat, Sebastyan Rode kabi futbolchilar mavsumga tayyorgarlik qismini yaxshi o'tkazishdi va o'rtoqlik o'yinlarida o'zlarining yaxshi jihatlarini imkon qadar ko'rsatishga intilishdi.  Dortmundning "Borussiya" klubidan azaliy raqiblari safiga o'tgan kuchli "snayper" Robert Levandovski ushbu mavsumda "Bavariya" jamoasining oldingi chizig'idagi asosiy qurol bo'lishi aniq.  
Yangi mavsumga tayyorgarliklar jarayonida Gvardiola jamoasini yangi sxema asosida o'ynatib keldi. Unga ko'ra, futbolchilar maydonda 3-4-2-1 ko'rinishida joylashishadi. Pepning o'rtoqlik bahslaridagi kutilmagan qarorlar sifatida David Alabaning markaziy himoyada o'tkazilishi bo'lgandi. Ushbu qaror Germaniya superkubogi uchun "Borussiya D"ga qarshi kechgan bahsda o'zini oqlamagandi. Bugungi bellashuvda ham Alaba markaziy himoyada o'rin olishi aniq emas. CHunki uzoq muddatli jarohatidan forig' bo'lgan Xolger Badshtuber maydonga tushadigan bo'lsa, David Alaba o'z-o'zidan chap qanotga yoki markaziy yarim himoya chizig'iga o'tishi mumkin.


Umuman olganda, "Volfsburg"ga qarshi o'yinda Gvardiola tavakkalga qo'l urmasligi ham mumkin. Sababiki, mavsumdagi ilk o'yin muhim hisoblanadi va bu bahsda sinalgan uslubdan foydalanishni afzal bilishi ham mumkin. Etakchilarsiz kechadigan o'yinda yangi g'oyalarni amalga oshirish ko'p ham to'g'ri ish emas. Ayniqsa raqib tajribali jamoa bo'lsa.  Bugungi bellashuvda "Bavariya" o'zining eski uslubida o'ynash ehtimoli ham kam emas. Bugungi uchrashuvda "Bavariya"ga "Valensiya" safidan o'tgan Xuan Bernat bundesligada debyut qilishi mumkin.

"Volfsburg" jamoasi o'z tarkibini "Anytraxt"dan kelgan Sebastyan Yung, "Verder" safidan o'tgan aaron Xant va "Arsenal"ning sobiq futbolchisi Niklas Bendtner bilan kuchaytirib oldi. Jamoa yaqindagina Germaniya kubogida doirasida "Darmshtadt"ga qarshi bahsda qiyinchilik bilan g'alaba qozongandi.  
Xekking boshchiligidagi "Volfsburg" jamoasi raqibi "Bavariya" kabi  birinchi tur oldidan bir qator yo'qotishlarga ega.
"Bo'rilar" sardori va etakchisi Diego Benalo, Ivan Perishich va Kristian Tresh bugungi o'yinda jamoasiga yordam bera olishmaydi. Ivan Perishich yaqindagina operaciyadan chiqdi va u tiklanish jarayonini boshdan kechirmoqda. SHuningdek, Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Luis Gustavoning ham o'zining sobiq klubi "Bavariya"ga qarshi bahsda maydonga tushishi so'roq ostida turibdi.

Har ikkala jamoalarda ham bir qator yo'qotishlar va jarohatlangan futbolchilar mavjud. CHempion starti oldidan esa barcha jamoalarning imkoniyati deyarli teng hisoblanadi. Bugungi o'yin qiziqarli va keskin kurashlarga boy kechishi aniq. Myunxenning "Bavariya"si ayni paytda o'zining optimal formasida emas. Bu haqida jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola izoh qoldirib, dastlabki ikki oyda ularni qiyin sinovlar kutayotgani va har narsa ruy berishi mumkinligi haqida aytib o'tgandi.
"Volfsburg" jamoasi ham mavsumni ko'tarinki kayfiyat bilan boshlash ishtiyoqi balandligini  yashirmayapti. "Bo'rilar" har qanday holatda ham ijobiy natija uchun kurash olib borishlari tayin. 



Qolgani bugungi bo'ladigan uchrashuvda hal bo'ladi. Bundesliga o'zining yangi karvonini yo'l chiqarmoqda. Ushbu chempionatni kuzatib boring, zerikib qolmasligingiz aniq.

Bundesliga, 1-tur.

"Bavariya" - "Volfsburg"


"Alyanc-Arena" Myunxen.
Bosh hakam
: Feliks Cvayer (Berlin).

Translyaciya: ("NTV PLYUS Futbol")

Taxminiy tarkiblar:

"Bavariya": Noyer, Boateng, Dante, Badshtuber, Bernat, Lam, Alaba, Robben, Myuller, Gyotce, Levandovski.

"Volfsburg": Gryun, Rodrigez, Naldo, Knoxe, Yang, Gilavogi, Malanda, Xant, Arnold, de Bruyne, Olich. 

Uchrashuv boshlanish vaqti: 23:30 (Toshkent vaqti bilan)

Bundesliganing birinchi turidan o'rin olgan boshqa o'yinlar ertaga davom ettiriladi.

SHahboz Beg'amov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика