So’nggi yangiliklar

18:06"Портсмут" — "Арсенал". Таркиблар маълум  0 17:36"Барса”, ПСЖ, "Интер”, "Юве”, "Монако" ва "Порту" клублари россиялик футболчига қизиқмоқда  0 16:58Наманган вилояти ҳокими "Навбаҳор" стадионини кўздан кечирди  2 16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  30 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  1 14:58"Манчестер Юнайтед”, "Реал" ва "Арсенал" грециялик футболчи учун даъвогар  1 14:10Каору Митома - "Манчестер Юнайтед"нинг трансфер мақсади  1 13:42Ван де Вен "Ливерпул"га ўтишга рози бўлди  3 13:18Суперлига-2026. Мавсумни ким қаерда бошлайди?  4 12:49Бугунги ўйинлар: “Интер” — “Наполи”, “Бавария” уйда, “Милан” сафарда ва бошқалар  1 12:45"Арсенал" Барколя учун курашга қўшилди  1 11:34Абрахам АПЛга қайтиши мумкин  5 10:39"Манчестер Сити" 40 йиллик натижани такрорлади  1 10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  6 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  3

Mutaxassis fikri: "Katanec hali yangilik olib kirgani yo'q. Bugungi "Paxtakor"dan "Navbahor" ochko olishi mumkin" Yangiliklar

Mutaxassis fikri: "Katanec hali yangilik olib kirgani yo'q. Bugungi "Paxtakor"dan "Navbahor" ochko olishi mumkin"

Ushbu hafta futbol jamoatchiligi uchun mavzu va muhokamalarga boy hafta bo'lmoqda.

Bir tomondan Srechko Katanec boshchiligidagi terma jamoamiz, ikkinchi tomondan Superliga bahslari. Mana shu mavzular yuzasidan mutaxassis sifatida taniqli murabbiy Yorqin Nazarovning fikrlariga quloq tutdik. 


- O'zbekiston milliy terma jamoasiga hech kim befarq bo'lmasa kerak, deb o'ylayman. O'z o'rnida terma jamoamizning o'rtoqlik turniridagi ishtiroki ikki hil taassurot qoldirdi. Birinchisi ikki uchrashuvda ham ijobiy natija qayd etildi. Stadionga kelgan ishqibozlar xursand bo'lib ketishdi. Lekin yutganimiz bilan xursand bo'lib yurishimiz kerak emas. Daraja jihatdan oladigan bo'lsak, Qirg'iziston doim yutib kelgan raqibimiz hisoblanadi. Uganda ham reytingda bizda pastda. Bularni yutib to'xtab qolish xatodir. CHunki himoya chizig'imizda muammolar bor. Menimcha, Katanec hali himoyachilarni to'liq aniqlab olmagan. Hozircha faqat sinamoqda. Keyingi o'yinlarga balki boshqa nomlarni ham taklif qilishi mumkin. Xullas ko'p ishlash lozim. Ugandaga qarshi bahsda SHomurodov va Masharipov yaxshi harakat qildi. Ularga haddan tashqari ishonib qolish noto'g'ri, deb bilaman. Boisi futbolda har hil vaziyat bor. Kamchiliklar etarlicha. 


- Ochig'ini aytsam yangilik ko'rmadim. Qandaydir taktika yoki uslub ko'zga tashlanmadi. Pozicion hujum qilish avvaldan bor edi. Katanec biror bir yangilik qildi, deyish qiyin. Hammasiga vaqt kerak. 


- Ochig'ini aytganda ko'pchilik muxlislar yaqin yillarda biror katta musobaqani yutishga, Jahon chempionatiga chiqishga ishonmayapti. Bosh murabbiy o'zining taktikasiga mos futbolchilarni jalb qilishi zarur. Har bir yig'inda turli uslubdagi futbolchilarni sinab ko'ryapti. Katanec futbolchilarni kuzatmoqda. O'yinlarga tushyapti. Bundan buyon eksperimentlardan emas, o'zining uslubiga monand o'yinchilardan foydalanishi darkor. 


- Toshkentda juda qiziqarli o'yin bo'lishi shubhasiz. "Navbahor" bugun 27 yillik tarixni yangilashi uchun bu yil juda yaxshi imkoniyatga ega. Qishki transferlar oynasida sifatli va saviyali futbolchilarni qo'shib oldi. Bugungi "Paxtakor"ga qarshi Toshkentdan ochko olib ketsa bo'ladi. Turning asosiy o'yini hisoblanadi. Namangan jamoasi kamida durang qayd etadi. 


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика