So’nggi yangiliklar

11:20Каннаваро мураббий сифатида Ўзбекистонга ютқазган ўйинни ёдга оламиз  4 11:06Зидан Жазоир термаси учун ўйнаши мумкин  0 10:38"Кристал Пэлас" ўз рекордини ўрнатди  0 10:08"Шўртан" янги мураббий бошқаради  6 09:49Тожикистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  6 09:39Мадрид клублари МЮ хавбеки учун курашади  0 09:09Флик ваъда берди  9 08:41Франция термасининг октябрь ойи йиғини учун қайдномаси эълон қилинди  0 08:14"Пахтакор"нинг асосий футболчиси учун мавсум якунланди  4 07:45Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади  9 07:07Омар Момани Каннаваронинг Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи бўлишига атаб карикатура чизди  36 06:26ФИФА Жаҳон Чемпионати учун расмий ўйин тўпи — "TRIONDA"ни тақдим этди  3 01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  2 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  1 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  6

Bugun Olim To'ychiboev oliy ligada debyut qiladi Yangiliklar

Bugun Olim To'ychiboev oliy ligada debyut qiladi

Bugun oliy liganing 4-turidan o'rin olgan 2ta uchrashuv bo'lib o'tadi.

Muxlislar G'uzorda “SHo'rtan” – “Bunyodkor” qarama–qarshiligiga guvoh bo'lishsa, Jizzaxda “So'g'diyona” “Lokomotiv” bilan hisob–kitob qiladi.

Oliy liga. 4–tur
10 aprel (yakshanba)
SHO'RTAN – BUNYODKOR
Bosh hakam
: Olim To'ychiboev (Farg'ona).
Olim To'ychiboev bugun oliy ligadagi debyut o'yini o'tkazadi. Bu uchrashuv “SHo'rtan” – “Bunyodkor” bahsiga to'g'ri keldi. Ko'ramiz, farg'onalik hakamning debyuti kim uchun omadli kelar ekan?!

SO'G'DIYONA – LOKOMOTIV
Bosh hakam:
Viktor Serazetdinov (Toshkent).
2015 yil oliy ligada 14ta uchrashuvni boshqargan Viktor Serazetdinov “So'g'diyona” uchun omadsiz hakam deyish mumkin. Albatta buni to'g'ridan–to'g'ri tushunmaslik kerak. SHunchaki, statistika shuni ko'rsatmoqda. Serazetdinov o'tgan mavsum jizzaxliklarning 3ta o'yini boshqargan. Ahamiyatlisi, uchchala uchrashuvda ham “So'g'diyona” mag'lubiyatga uchragan. Mag'lubiyatning ikkitasi o'z maydonidagi bellashuvlarda qabul qilib olingan.

“Lokomotiv” ham bu borada u qadar omadli emas. O'tgan mavsum chempionlikni qo'lga kirita olmagan “temiryo'lchilar”ga birinchi davrada yo'qotilgan ochkolar pand bergan. Xususan, “Loko” birinchi davrada safarda “Olmaliq” bilan durang o'ynab, ikki ochko yo'qotgan edi. Aynan o'sha bellashuvni Serazetdinov boshqargan.

2015 yil. “So'g'diyona” ishtirokidagi uchrashuvlar
NASAF – SO'G'DIYONA – 3:1
SO'G'DIYONA – NEFTCHI – 0:1
SO'G'DIYONA – BUXORO – 2:3

“Lokomotiv” ishtirokidagi uchrashuv
OLMALIQ – LOKOMOTIV – 2:2

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика