So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  1 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  18 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Bugun katta futbol. “Bunyodkor” – “Nasaf” Yangiliklar

Bugun katta futbol. “Bunyodkor” – “Nasaf”

Bugun bo'lib o'tadigan “Bunyodkor” - “Nasaf” bahsi bilan oliy liganing 21-turiga start beriladi.
O'zaro o'yinlar shuni ko'rsatyaptiki, “Nasaf” bungacha “Bunyodkor”ni Toshkentda mag'lub eta olmagan. Xo'sh, bu safar qarshiliklar buning uddasidan chiqa olishadimi? “Nasaf” o'tgan turni ko'tarinki ruhda o'tkazdi va o'z maydonida “So'g'diyona”ni mag'lub etdi. “Bunyodkor” esa Namanganda “Navbahor” mehmoni bo'lib, 0:0 hisobida durang qayd etdi.

Turnir jadvalida “Nasaf” 44 ochko bilan uchinchi, “Bunyodkor” 41 ochko bilan to'rtinchi o'rinda bormoqda. Agar “Bunyodkor” g'alaba qozonadigan bo'lsa, o'z-o'zidan ochkolar sonini “Nasaf”nikiga tenglashtirib oladi. Ikkinchi davra boshlanganidan beri ikkala jamoa ham ettidan uchrashuv o'tkazdi.



“Nasaf” shundan bittasida mag'lub bo'lib (“Lokomotiv”dan), olti bellashuvda g'alaba qozongan bo'lsa, “Bunyodkor” ham hozircha bir bor yutqazdi (o'z maydonida “Dinamo”dan). Qarshida bo'lib o'tgan birinchi davra o'yinida maydon egalari 2:0 hisobida zafar quchishgandi. O'shanda “Bunyodkor” bosh murabbiyi Aleksandr Volkov edi. Hozir esa jamoani Sergey Lushan boshqarmoqda va bu uning “Nasaf”ga qarshi oliy liga doirasida birinchi uchrashuvi bo'ladi.



Kubokning yarim final bosqichida “Bunyodkor” ikki o'yin natijasiga ko'ra “Nasaf”ni musobaqadan chiqarib yubordi. Ammo hozir oliy liga va “Nasaf” ham raqibiga boshqacha tayyorgarlik ko'rgan bo'lishi tabiiy. Bugungi bahs shaxsan men uchun nimasi bilan qiziq? Yaxshi bilasiz, “Nasaf” bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'tgan yil “Eng yaxshi murabbiy” deb topildi. “Bunyodkor” ustozi Sergey Lushan esa klubni qabul qilib olganiga unchalik ko'p bo'lgani yo'q, shunga qaramay natijalar chakki emas. Jamoa o'zining kamtarona tarkibi bilan safarda “Lokomotiv”ni mag'lub eta oldi. “Nasaf” esa o'z maydonida shu jamoaga yutqazib qo'ydi. SHunday ekan, bugungi o'yin orqali har ikkala murabbiyning zamonaviy futbolga qarashlari qay darajada ekanligini bilib olsak ajab emas. O'zbekistonning amaldagi “Eng yaxshi murabbiyi” bilan “to'qnashuv”da Lushan qanday yo'l tutadi, mana shu tomonlama ham o'yin etiborimni ko'proq tortmoqda. Qolaversa, mazkur bahs yana bir qator boshqa savollarga javob bersa ajab emas. Bunisini endi o'yindan keyin gaplashamiz.

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика