So’nggi yangiliklar

21:15Суперлига. "Нефтчи" марказий тўқнашувда "Динамо"дан устун келди ва пешқадам "Насаф"га анча яқинлашди  59 21:05Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Хоффенхайм"ни қийинчиликсиз таслим этди  2 20:35"Манчестер Юнайтед" — "Челси". Таркиблар маълум  1 20:17"Верона" — "Ювентус". Таркиблар маълум  3 20:12"Бухоро" ўз тарихида биринчи маротаба "Навбаҳор"га 3тадан кўп гол урди   7 19:59Суперлига. "Бухоро" "Навбаҳор" дарвозасига жавобсиз 5 та тўп киритди  90 19:53"Сабаҳ" — "Туран". Раҳмоналиев асосий таркибда  2 19:26Зиданнинг 27 ёшли ўғли Люка спорт фуқаролигини Жазоирга ўзгартирди  0 18:55Суперлига. "Хоразм" ўз уйида "Қўқон-1912" билан дуранг ўйнади  11 18:41"Реал" — "Эспаньол". Таркиблар маълум  20 18:35АПЛ. "Ливерпуль" Мерсисайд дербисида қийин ғалабага эришди  11 17:08Футзал. Ўзбекистон Фаластинни тор-мор этди  17 16:41Рубен Санчес: "Мухлисларимизни яна бир бор ранжитишга ҳаққимиз йўқ эди"  0 16:02Тимур Кападзе Хитой мураббийи бўлиши ҳақидаги саволга аниқ жавоб берди  57 14:12"Шўртан" ва "Пахтакор" ўртасида нурсиз дуранг қайд этилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1

Bugun futbol. "Nasaf" - "Qo'qon-1912" Yangiliklar

Bugun futbol. "Nasaf" - "Qo'qon-1912"

Bugun Superliganing 22-tur bahslariga start beriladi.

Turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turgan "Nasaf" o'z maydonida 4-o'rinda borayotgan "Qo'qon-1912"ni qabul qiladi. 21ta o'yin o'tkazgan "Nasaf" 43 ochko to'plagan, qo'qonliklar esa 21 o'yindan so'ng 38 ochko jamg'arishgan. Demak, jamoalarni 5 ochko ajratib turibdi.

"Nasaf" ayniqsa ikkinchi davrada ancha sermahsul o'yin namoyish etib kelmoqda. Xususan "ajdarlar" mavsumning ikkinchi yarmi boshlanganidan beri hali mag'lub bo'lishmadi: 6ta g'alaba va ikki durang. 

"Qo'qon-1912"ga kelsak, Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari ikkinchi davra start olganidan beri to'rtta o'yinda zafar quchishdi. Bu jamoaning oxirgi 3 uchrashuvda ketma-ket g'alaba qozongani etiborga molik. Qo'qonliklarning qatorasiga uchta g'alabasi "Surxon", "Mashal" va AGMK bilan o'yinlarda qo'lga kiritildi. 

"Nasaf" esa oxirgi uchta o'yindan ikkitasida zafar quchdi. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari uyda AGMK va safarda "Metallurg"ni mag'lub etishdi. Undan oldin safarda "Buxoro" bilan kechgan bahs 0:0 hisobida yakun topgandi. 

Yana bir qiziq malumot shuki, "Nasaf" ikkinchi davra boshlanganidan so'ng o'z darvozasidan faqat 1ta gol o'tkazdi. To'plar nisbati 18-1. Jamoa oxirgi uch o'yindan beri o'z darvozasi daxlsizligini saqlab kelmoqda. 

Bu "Qo'qon-1912" uchun ikkinchi davra hisobidan safardagi 6-bahs bo'ladi. Qo'qonliklar bungacha bo'lib o'tgan 5ta safar uchrashuvidan ikkitasida g'alaba qozonib, ikki bor mag'lub bo'lishgan, yana bitta uchrashuv durang bilan yakun topgan.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика