Bugun futbol. "Nasaf" - "Lokomotiv"
29 avg 2022 14:07
Yangiliklar
Bugun futbol. "Nasaf" - "Lokomotiv"
Turnir jadvalida "Nasaf" 31 ochko bilan 3-o'rinni egallab turibdi. To'plar nisbati 27-9. "Lokomotiv" esa 17 ochko bilan 10-pog'onada boryapti. "Loko"da to'plar nisbati 13-21.
Bu "Nasaf"ning o'z maydonidagi 8-o'yini bo'ladi. Bungacha bo'lib o'tgan 7ta bellashuvda qarshiliklar 2 bor g'alaba qozonib, 4 marta durang o'ynagan hamda bitta o'yinda mag'lub bo'lgan. Uydagi bahslarda to'plar nisbati 10-4. "Nasaf" uy o'yinlarida 10 ochkoni qo'lga kiritgan.
"Nasaf" uyda:
"Metallurg" - durang, 1:1
"Surxon" - g'alaba, 2:0.
"Paxtakor" - durang, 0:0
"Qizilqum" - g'alaba, 5:0
"Olimpik" - durang, 2:2
"Navbahor" - mag'lubiyat, 0:1
AGMK - durang, 0:0
Fakt: "Nasaf" Superliganing oxirgi 5ta o'yinida faqat bir bor g'alaba qozondi. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari safarda "Meitallurg"dan 2:0 hisobida ustun kelishdi.
"Lokomotiv" shu paytgacha mehmonda 8ta o'yin o'tkazgan bo'lib, shundan 2tasida g'alaba qozongan. Bir bor durang qayd etilgan bo'lsa, 5 marta imkoniyat boy berildi. Safar bellashuvlarida "Loko"ning to'plar nisbati 7-14.
"Lokomotiv" safarda:
"Qizilqum" - mag'lubiyat, 0:2
"Bunyodkor" - mag'lubiyat, 1:2
"Dinamo" - mag'lubiyat, 1:3
"Neftchi" - g'alaba, 1:0
"Olimpik" - g'alaba, 3:0
"Navbahor" - mag'lubiyat, 0:2
"Metallurg" - durang, 1:1
AGMK - mag'lubiyat, 0:4
Fakt: "Lokomotiv" safarda oxirgi uch turdan beri g'alaba qozona olmayapti. Bugun "temiryo'lchilar" ushbu noxush ananaga barham berishga harakat qilib ko'rishadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar