So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  2 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  18 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  6 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Bu o'sha - “tilla soatli” hakam Yangiliklar

Bu o'sha - “tilla soatli” hakam

Kecha bo'lib o'tgan oliy liganing 21-turidan o'rin olgan bahsda “Bunyodkor” o'z maydonida “Nasaf”ga 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi.
O'yinni Marat Ismoilov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi. Unga qanotlarda Mamur Saidqosimov bilan Andrey Capenko yordam berishdi. SHunday bo'ldiki, birinchi taymda “Bunyodkor” hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi, biroq Samir Bekrich tomonidan kiritilgan golni hakamlar hisobga olishmadi. Aniqrog'i, qanot hakami Andrey Capenko o'yindan tashqari holat bo'ldi deya bayroqchasini ko'targani bois gol inobatga olinmadi.

Ammo bu vaziyatda hech qanday ofsayd yo'q edi va maydon egalarining goli qoidaga muvofiq kiritilgandi. Lekin Capenkoning xatosi tufayli hisob tenglashmay qoldi. Natijada uchrashuv nazoratchisi Radik Serazetdinov tomonidan qanot hakamiga 4,0 ball (yani, ikki baho) qo'yildi. Endi Capenko uch-to'rt o'yinga chetlatiladi. Bu hakam hozirda laynsmenlik bilan shug'ullanayotgan bo'lsa-da, o'z vaqtida bosh hakamlik ham qilgan. Xususan 2010 yil o'tkazilgan o'smirlar terma jamoamizning Dukentdagi o'rtoqlik bahsida u sekundomerli soatini uyda qoldirib kelgani uchun futbol professori Rustam Akramovning “tilla soati”ni taqib maydonga tushgan va o'yinni boshqarib borgandi. SHundan keyin Akramovning “tilla soati” ham, Capenkoning o'zi ham mashhur bo'lib ketgandi.

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика