So’nggi yangiliklar

00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  0 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  2 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  8 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  4 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  8 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  3 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1

"Bu 10 millionlab muxlislar uchun zarba bo'ldi". Eron matbuoti "yorilishni" boshladi Yangiliklar

"Bu 10 millionlab muxlislar uchun zarba bo'ldi". Eron matbuoti "yorilishni" boshladi

Xabaringiz bor, OFK Eronning ikki etakchi klubi "Persepolis" va "Istiqlol"ni bu yil OCHLga qo'ymaydigan bo'ldi.

Osiyo chempionlar ligasi Osiyo klublari uchun eng nufuzli musobaqa hisoblanadi hamda ko'p jamoalar bunda zafar quchishni istaydi. OFK qaroriga ko'ra, "Persepolis" va "Istiqlol" OCHLda o'ynash huquqini beruvchi licenziya shartlarini to'liq bajarmagan. Malumki, licenziya olmagan klub chempionlar ligasida ishtirok eta olmaydi. 

"Persepolis" va "Istiqlol" stadion xavfsizligi bilan bog'liq hujjatlarni chala to'ldirgan, shuningdek klub xodimlari ro'yxati va klub xo'jayinlari kim ekanligi (yani, klub kimga qarashli) ekanini ochiq bayon etmagan. Natijada OFK bu ikki klubga licenziya bermaslikni lozim topdi. 

Ushbu yangilik elon qilingach, Eron matbuoti sekin-asta vaziyatni o'rgana boshladi. Xususan Tehrantimes.com sayti muxbiri Farrox Xesabi bu haqda maqola chop etib, birinchi navbatda klublarni aybladi. Negaki har ikkala klubda licenziya bilan bog'liq muammolar borligi OFK tomonidan bir necha bor aytib kelingan, biroq na "Istiqlol", na "Persepolis" bunga jiddiy ahamiyat bergan. 

Malumki, licenziya olish uchun barcha kerakli malumotlar ingliz tilida to'ldiriladi. Lekin klublar bazi malumotlarni tarjima qilmasdan forschada jo'natgan, OFK esa buni qabul qilmagan. 

Jurnalist Farrox Xesabi buning uchun birinchi navbatda klublar rahbariyatini aybdor dedi. "Tasavvur qilyapsizmi, klublarning masuliyatsizligi sabab 10 millionlab muxlislar o'z sevimli jamoalarini bu yil Osiyo chempionlar ligasida ko'ra olmaydilar. Bu muxlislar uchun qattiq zarba", deb yozgan Tehrantimes.com muxbiri.

Vaziyatdan xabar topgan "Persepolis" bosh murabbiyi Yahyo Gulmuhammadi shunday dedi: "Men shokdan. Biz chempionlar ligasida o'ynamaymiz. Buni qabul qilish shaxsan men uchun juda og'ir. Zudlik bilan aybdorlarni topib jazolash kerak".

"Istiqlol" futbol klubi ijrochi direktori Hojjat Karimi ham matbuot orqali chiqish qilib, o'z fikrini quyidagicha izohladi: "Bu hammadan ham ishqibozlarga katta zarba bo'ldi". 

Eronda chop etiladigan Khabar Varzeshi gazetasining yozishicha, "Persepolis" bilan "Istiqlol"ning xo'jayinlari bitta, yani har ikki klubni Eron sport vazirligi boshqaradi. OFK oktyabr oyida vazirlikni bir paytning o'zida ikkita klubga egalik qila olmasligi haqida ogohlantirgan, lekin o'sha payt bunga hech kim jiddiy quloq solmagan.

Eron futbol federaciyasi vakili Dariush Mostafavi esa aybni siyosatga ag'darishni maqul deb bildi. "Eng katta muammo, futbolga siyosatning aralashuvi", dedi u.

Federaciya prezidenti SHahobiddin Azizi-Kadim ham televideniya orqali chiqish qilib, vaziyatni to'liq o'rganishga va OFK bilan bu borada uchrashishga vada berdi.

Xullas, buyog'iga voqealar rivojini kuzatamiz. 

X.Xoliqov.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика