Brunu Fernandesh "Real"ga 70 mln evro evaziga o'tishi mumkin
22 avg 2019 11:41
Yangiliklar
Brunu Fernandesh "Real"ga 70 mln evro evaziga o'tishi mumkin
Lissabonning "Sporting" klubi yarim himoyachisi Brunu Fernandesh faoliyatini "Real" davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, Portugaliya klubi "qaymoqranglilar" bilan bog'langan va 24 yoshli xavbeki uchun 70 million evro so'ragan.
"Qirollik klubi" esa "Sporting"ga hali bu borada javobini aytmadi.
Fernandesh 2018/19 yilgi mavsumda 32ta gol va 18ta assistga erishgan. Uning "Sporting" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yil yoziga qadar mo'ljallangan.
Oldinroq, Portugaliya klubi "shporlar"ning 55 mln evro va 10 mln bonuslar ko'rinishida bergan taklifiga rad javobini bergan edi.
Fikrlar