So’nggi yangiliklar

02:50Иброҳим Ибрагимов: "Сўғдиёна"нинг нозик томонларини ўрганиб чиққандик"  2 02:15Францияда ҳам чемпионат старт олди  0 01:57АПЛ старт олди: "Ливерпуль" мавсумни қийин ғалаба билан бошлади  22 01:33Башар Ресан: "Бу ғалабали йўлни "Андижон"га қарши ўйинда ҳам давом эттирмоқчимиз"  3 01:20"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Ноттингем"га ўтиши мумкин  0 01:00"Ал Ҳилол" қачон Қаршига келади? "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги тақвими маълум  1 00:49Уго Экитике - АПЛнинг 2025/26 йилги мавсуми илк голи муаллифи!  1 00:32"Байер" Эрик тен Хаг қўл остидаги илк расмий ўйинида йирик ғалаба қайд этди  2 00:06ЛаЛига қайтди! Илк ўйинда Мадрид жамоаси Каталонияда ғалабага эришди  1 23:57Жованни Леони дунёнинг энг яхши ҳимоячиси кимлигини айтди  1 23:40Ханс-Дитер Флик: "Учта соврин - бошланиш ҳолос"  8 22:59Иван Бошкович: "Бугун биз яхши рақибга мағлуб бўлдик, бундан трагедия ясаш керак эмас"  3 22:30"Ливерпуль" 18 ёшли ҳимоячини 35 миллион еврога сотиб олди  0 22:15"Андижон"га қарши ўйин, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги имконияти, бугунги ҳимоявий ўйин ҳақида - Камолиддин Тожиев иштирокидаги матбуот анжумани  6 21:47"Андижон"нинг халқаро майдондаги ўйинлари тақвими маълум қилинди  20

Braziliyalik murabbiy Osiyo Kubogi-2007dagi g'alabani yodga oldi Yangiliklar

Braziliyalik murabbiy Osiyo Kubogi-2007dagi g'alabani yodga oldi

Bundan o'n yil oldin 29 iyul kuni Iroq terma jamoasi Osiyo Kubogida g'olib chiqqandi.

Osiyoning to'rt davlati - Vetnam, Malayziya, Indoneziya va Tailandda bo'lib o'tgan musobaqa qiziqarli bahslarga boy bo'lgandi. Finalga esa ko'pchilik kutmagan Iroq va Saudiya Arabistoni termalari etib kelishgan, yakunda Iroq 1:0 hisobida zafar quchgandi. 

O'yinda iroqlik hujumchi Yunis Mahmud tomonidan kiritilgan yagona gol braziliyalik murabbiy Jorvan Vieyra shogirdlariga tarixiy g'alabani taqdim etgandi. Yaqinda Jorvan Vieyra OFK saytiga intervyu berib, o'sha chempionlikni yodga oldi: 

- "Biz oxirgi daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqarishimiz mumkin edi. Esingizdami, Malik Muazning bosh bilan bergan zarbasi? To'p darvoza to'sinining shundoqqina tepasidan o'tib ketgandi. Agar o'sha zarba gol bo'lganidami, biz yutqazib qo'yishimiz ham mumkin edi". 

- "O'yinni juda asabiy o'tkazganman. Esimda, boshidan oxirigacha atrofdagilarga baqirib yurgandim. CHunki bu final edi".

- "G'alaba siri nimada bo'lgan? Birinchi navbatda final kuni ko'p uxlamay vaqtli turib olgandim. Keyinchalik nonushta mahal futbolchilarning xonasiga birma-bir kirib ular bilan choy ichdim va ularni xotirjam bo'lishga chaqirdim. Ko'pchilik Iroq omad tufayli finalga chiqib qolganini aytadi. Lekin bunday emas, biz o'sha payt rostan kuchli edik".

"Biz finalga qadar Avstraliya, Tailand, Janubiy Koreya kabi jamoalarni mag'lub etganmiz va bu o'z-o'zidan ro'y berib qolgani yo'q. Bunday turnirlarda jismoniy va ruhiy tayyorgarlik juda katta rol o'ynaydi. O'shanda Iroqda urush ketayotgandi, lekin men shogirdlarimni bir maqsad yo'lida jipslashtira olganimdan xursandman. 2007 yil Osiyo Kubogidagi g'alaba men uchun unutilmas voqea bo'lib qoladi".




Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика