Brayan Riaskos: "Superliga – bir qaraganda oson, ammo aslida juda murakkab turnir"
02 iyu 23:06
Yangiliklar
Brayan Riaskos: "Superliga – bir qaraganda oson, ammo aslida juda murakkab turnir"
O'zbekiston kubogi nimchorak finalidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Olimpik-MobiUz" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlarni g'alaba tomon etaklagan Brayan Riaskos o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Avvalo, yosh bo'lishlariga qaramay, o'yinning boshidan oxirigacha juda kuchli xarakter ko'rsatgan "Olimpik-MobiUz" jamoasini etirof etmoqchiman. O'yin juda qiyin kechdi, ammo oxir-oqibat o'zimiz ko'zlagan natijaga erishdik.
Samarali ko'rsatkichlar qayd etayotganimdan va o'z o'yinimdan mamnunman. Shu vaqt davomida menga katta yordam bergan hamkasblarimga minnatdorchilik bildiraman va shunday davom etishni, ko'plab gollar urib, yanada ko'proq golli uzatmalar berishni xohlayman.
O'zbekiston futbolini yaxshi baholayman, barcha jamoalar kuchli, Superliga esa qiyin musobaqa. Bir qaraganda, oson ko'rinishi mumkin, ammo aslida juda murakkab turnir hisoblanadi", -deydi Brayan Riaskos.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar