Botir Qodirqulov: "Karantin davrida klubdan olingan bino qaytarib berilmadi"
13 may 2022 21:52
Yangiliklar
Botir Qodirqulov: "Karantin davrida klubdan olingan bino qaytarib berilmadi"
O'yin haqida
- Bugungi o'yin qiyin bo'lishini bilgandik, shu bois yaxshi tayyorgarlik ko'rdik, raqibni o'rganib chiqdik. O'yin oxirida nima bo'lganini tushuntirib berish qiyin.
- Hakam belgilangan vaqtdan avval o'yinni to'xtatib qo'ydi chamamda.
- Uni bahona qilolmaymiz. Menimcha, yigitlarda charchoq yuzaga keldi.
- Zaxiradan maydonga tushirilgan o'yinchilar hisobga tasir o'tkazdi deb hisoblaysizmi?
- Bugun mag'lubiyatga loyiq o'yin ko'rsatmadik. Zaxiradan tushirilgan o'yinchilar yordam bera olishmadi. O'yin tafsilotlarini o'rganib chiqamiz.
- Bugungi o'yinda bosh murabbiy Asror Aliqulov ishtirok etmadi. Uning o'rni qanchalik bilindi?
- Aliqulov bilan telefon orqali muloqot qildik, uning ko'rsatmalarini yigitlarga tushuntirdik. Ular imkoni boricha, harakat qildi, biroq so'nggi soniyalarda gol o'tkazib yubordik.
- "Andijon" murabbiyining aytishicha, ularda yoshi katta o'yinchilar ko'pligi bois, avval raqibni toliqtirib, keyin bor kuchni berar ekan. Bu jihatlarni o'yindan avval o'rganganmidingiz?
- Albatta, biroq raqib ham bizni o'rganib chiqqan. Ular ham ikkinchi jamoa bo'lib o'ynadi. Uchrashuv biz kutgandek o'tdi, faqat bahs oxirida muvozanatni yo'qotganimiz pand berdi.
- Bosh murabbiy nega o'yinda qatnashmadi?
- Asror Aliqulov Pro licenziyasi uchun o'qimoqda. Yakuniy imtihoni borligi bois, bu erga kela olmadi. Biroq telefon orqali aloqada bo'lib turdi.
- Oxirgi burchak to'piga chiqishda darvozabon xatoga yo'l qo'ydi. Bugungi o'yinda uni aybdor deb sanash mumkinmi?
- Aybdor deyish kerak bo'lsa, barchamiz aybdormiz. Bu vaziyatni ko'rib chiqamiz.
- Raqib jamoa tomonidan pressing, chalib yiqilishlar ko'p kuzatildi. Buni ham etiborga olganmidingiz?
- Ha, shogirdlarim bugun yaxshi o'ynashdi. Imkoniyatlardan foydalana olmadik.
- Bugun Muhriddin Zoirov hujumchi sifatida to'liq harakat qildi. Zaxirada yana bir hujumchi - Asadbek Samariddinov bor edi. UNga imkon berilmasligi Zoirovning jismoniy holati yaxshiligidanmi?
- Samariddinov yaxshi hujumchi, biroq Zoirov ko'p o'yinlarda gol urmoqda, shu bois uni maydonga tushirdik. Asad yosh, kelajagi oldinda, unga ham hali imkon beramiz.
- Odatda murabbiylar o'yin o'xshamasa yoki boshqa rejasi bo'lsa, taym yakunidan 7-8 daqiqa avval bir nechta o'zgarish amalga oshiradi. Bugun sizda ham shu holat kuzatildi. Qisqa vaqt ichida zaxiradan tushganlar nimadir qila oladimi?
- Yigitlarda charchoq sezilgani uchun almashtirishlarni qo'lladik.
- Biroz avval Championat.asia saytida "SHo'rtan"ga tegishli bo'lgan bino karantin vaqtida foydlanishga olingan va hanuzgacha qaytarib berilmagani haqida maqola elon qilingandi. Ayni paytda karantin davri emas, klubga o'z binosi qaytarildimi?
- Yo'q, qaytarib berilmadi. Bu masalani rahbariyat ko'rib chiqadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar