"Borussiya Dortmund"ning yana bir futbolchisi "Manchester Siti"ga o'tadi
31 avg 2022 20:04
Yangiliklar
"Borussiya Dortmund"ning yana bir futbolchisi "Manchester Siti"ga o'tadi
Dortmundning "Borussiya" klubi himoyachisi Manuel Akanji "Manchester Siti"ga o'tadi.
Sky Sport Deutschland xabariga ko'ra, futbolchi allaqachon "Man Siti"da tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Angliyaga etib borgan. Ushbu jarayon muvaffaqiyatli o'tsa, shveycariyalikning Manchester klubiga o'tishi uchun hech qanday to'siq qolmaydi.
Dortmundliklar 27 yoshli futbolchi uchun 18 million evro oladi. Yana 2 million evro esa shartnomada bonuslar ko'rinishida ko'zda tutilgan.
Akanjining Dortmund klubi bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar