Boliviyaning 54 yoshli prezidenti mahalliy klub bilan shartnoma tuzdi
19 may 2014 13:23
Yangiliklar

Boliviyaning 54 yoshli prezidenti mahalliy klub bilan shartnoma tuzdi
Boliviya prezidenti Evo Morales keyingi mavsum Sport Boys Varnes klubi sharafini himoya qiladi.
54 yoshli prezident birinchi divizion klubi bilan bir yillik shartnoma tuzdi va yarim himoyachi sifatida ro'yxatdan o'tdi, deb xabar bermoqda BBC.
Sport Boys klubi prezidenti Mario Kronenboldning aytishicha Morales imkoni bo'lganida o'yinlarda ishtirok etadi. Har bir o'yinda taxminan 20 daqiqadan o'ynaydi va oyiga 214 dollar maosh oladi.
Oldinroq Morales faqat shou uchrashuvlarida ishtirok etib kelardi. 2006 yildagi o'yinlardan birida u raqib darvozaboni bilan to'qnashib ketib burnini sindirib olgandi.
Sport Boys Varnes o'tgan mavsumda 11-o'rinni band etgandi.

Fikrlar