So’nggi yangiliklar

10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  0 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  7 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  2 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  5 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  21 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  3 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  2 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  2 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  3

"Bolaligimda shunday o'ylardim: 35 yosh paytimda Madeyrada baliq tutib o'tiraman" Yangiliklar

"Bolaligimda shunday o'ylardim: 35 yosh paytimda Madeyrada baliq tutib o'tiraman"

Portugaliya terma jamoasi va Turinning "Yuventus" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu kecha, 5 fevral sanasida 35 yoshga to'lganidan xabaringiz bor.

Video Krishtianu Ronalduga mashina sovg'a qilishdi

Krishti bolalik paytlari futbolda bunday uzoq va muvaffaqiyatli faoliyatni kutmaganini aytib o'tdi.

"Yosh bolakay bo'lgan paytimda shunday o'ylardim: 35 yoshimda Madeyrada baliq tutib o'tiraman. O'sha paytlari bugungi kungacha to'p tepgan joylarim va u erlarda qo'lga kiritgan yutuqlarimga ega chiqish hayolimdan ham o'tmagan.

O'ylashimcha, men oltinchi bor CHempionlar ligasini yutishim mumkin. "Yuventus" bilan menda shunday imkoniyat bor. Bu ko'plab faktorlarga bog'liq bo'lgan murakkab musobaqa. Lekin, buning iloji bor. CHunki, bizda juda yaxshi jamoa bor. Biz qadamba-qadam oldinga intiayapmiz", - deya Ronalduning so'zlarini keltirdi Portugaliyaning "A Bola" nashri.


Joriy mavsum Ronaldu o'z klubida 27ta o'yin o'tkazdi va uning hisobida 22ta gol hamda 3ta golli pas bor. Uning "Yuventus" bilan shartnomasi 2022-yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Bundan oldin Krishti Lissabonning "Sporting", Angliyaning "Manchester Yunayted" hamda Madridning "Real" jamoalarida to'p tepgan. Bundan tashqari, Portugaliya terma jamoasida 164ta o'yinda 99ta gol urgan.

Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика