So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  1 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  16 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Bolalar futboliga qanot hakamlari kerak Yangiliklar

Bolalar futboliga qanot hakamlari kerak

Yaqin bir oydan beri Toshkentda bo'lib o'tayotgan bolalar-o'smirlar chempionatining bazi uchrashuvlarini kuzatib kelmoqdaman.
Toshkent shahar bolalar-o'smirlar o'rtasidagi futbol chempionatida 1998 yildan tortib 2003 yilda tug'ilgan futbolchilar ishtirok etishadi. Har bir yosh toifasidagi musobaqada 16ta jamoa ishtirok etadi. Lekin men shu paytgacha nechta o'yinni kuzatgan bo'lsam, birortasida qanot hakamlari ishlaganini ko'rmadim.

Bunda faqat bitta hakam o'yinlarni boshqarmoqda. To'g'ri, yosh bolalar asosan maydonning yarmida to'p tepishayotgani uchun qanot hakamlarisiz ham o'yinni boshqarsa bo'ladi, biroq 1998, 1999 va 2000 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasidagi bahslarda faqat bir hakamning ishlashi g'alti bo'lyapti. Bilasiz, 2000 yilda tug'ilgan ftubolchilar bir yildan so'ng o'smirlar terma jamoamizga nomzod bo'lishadi. SHunday ekan, hozirdanoq ularni zamonaviy futbolga o'rgatib borgan maqul.

O'yinlarni kuzatar ekanman, ko'pincha bosh hakamlar yon chiziqda yordamchilari bo'lmaganidan keyin qaror chiqarishda qiynalib qolishayotganiga guvoh bo'ldim. Qashqadaryoda bolalar o'rtasidagi turnirlarda qanot hakamlarining ham ishlashini ko'p bor ko'rgandim, ammo Toshkent poytaxt bo'laturib faqat bitta hakamning kun davomida uch-to'rtta o'yinni boshqarishini qanday qabul qilish mumkin hayronmiz.

Toshkentda hakamlar maktabiga asos solingan. Bu erdan ko'plab yosh hakamlar etishib chiqmoqda, ularni aynan mana shunday bolalar ishtirokidagi o'yinlarda pishitib borgan maqul emasmi? Malumki, o'yindan tashqari holat bo'lgan-bo'lmaganini aniqlash bosh hakamga qiyinchilik tug'diradi, shunda u qaror chiqarishda o'z yordamchilariga yuzlanadi. Lekin futbol musobaqasi payti maydonda qanot hakami bo'lmaganidan keyin bosh hakamning bir o'zi nima qilsin? Xullas, bolalar va o'smirlar o'rtasidagi bellashuvlarda manna shunday muammo yuzaga kelgan va o'ylaymizki, Toshkent shahar futbol federaciyasi bu muammoni hal etish ustida kerakli choralarni ko'radi.

Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика