So’nggi yangiliklar

01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  0 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0 00:15U-23 Осиё Кубоги. Эрон - Ўзбекистон 0:0  0 23:55Семеньо Агуэродан кейин энг яхши дебютант бўлди  0 23:13Мбаппе қатнашган "Реал"нинг ўйин олди машғулотидан эксклюзив фотомақола  4 22:59Африка Миллатлар кубоги. Нигерия Жазоирни мағлуб этиб, ярим финалга йўлланма олди  2 22:44"Фенербаҳче" - Туркия Суперкубоги соҳиби!  4 22:15Англия Кубогида бундай ҳолат 117 йил деганда такрорланди  0 21:55Англия Кубоги. "Манчестер Сити" "Эксетер" дарвозасига 10та гол урди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  22 21:30Алдаётган Рафинья, ўйлаётган Берналь ва бошқалар - "Барселона" машғулотидан фотомақола  6 20:55U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди  120 20:31Абдуҳолиқов, Зотеев, Нуруллоев ва бошқалар: "Локомотив" машғулотидан суратлар  4 19:53Беларусь чемпионатининг иккинчи тўпурари Тошкент жамоасига ўтиши керак эди  0

“BMB CUP” musobaqasining g'olib va sovrindorlari taqdirlandi Yangiliklar

“BMB CUP” musobaqasining g'olib va sovrindorlari taqdirlandi

Teglar :  BMBBMB CUP
BMB Holding tasischilarining tashabbusi bilan havaskorlar o'rtasida 2022 yilning oktyabr oyidan 2023 yilning sentyabr oyiga qadar, qariiyb 9 oy davomida futzal bo'yicha ananaviy “BMB CUP” turniri o'tkazildi.

Turnirda 60 dan ortiq jamoalar ishtirok etish istagini bildirdi. Avvaliga saralash musobaqasi tashkil etildi, ushbu bosqichdan muvaffaqiyatli o'tgan 16 jamoa asosiy turnirda ishtirok etdi. Asosiy turnirda jamoalar jami 30tadan o'yin o'tkazishdi.



16 sentyabr kuni Toshkentdagi Singapur menedjmentni rivojlantirish instituti sport majmuasida ushbu musobaqaning so'nggi tur o'yinlari va tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Taqdirlash marosimida BMB Holding Kuzatuv Kengashi raisi Bekzod Mamatqulov, O'FA bosh kotibi Avaz Maksumov, O'FA Birinchi vice-prezidentining maslahatchisi Rahmiddin Zikriyaev, O'FA faxriylar kengashi raisi To'lagan Isoqov, Toshkent shahar futbol associaciyasi rahbari Azamat Abduraimov ham qatnashishdi.





BMB CUP musobaqasining eng yaxshilari:
Eng halol va jonkuyar xakamlar - Nikita Afinogenov va Umid Po'latov.

“Fair Play” sovrini - MFK “Guliston”.



"G'alabaga bo'lgan ishonch uchun" - “Jizzax Nur”.

Turnir o'tkazilishi davrida vafot etgan ushbu jamoaning ikki futzalchisi Siddiqov SHaxzod va Abdulaximov Jasurlarning oila azolariga turnir tashkilotchilari nomidan moddiy yordam sifatida 15 mln so'mdan pul topshirildi. Bundan tashqari BMB Holding tomonidan yil davomida vafot etgan futzalchilarning oilasiga moddiy yordam berib boriladi. Sodir bo'lgan fojeali avtoavariyada tan-jarohati olgan ushbu jamoa azosi IbragimovDavlatga moddiy yordam sifatida 10 mln pul topshirildi.



“Turnirning eng yaxshi darvozaboni” - Odil Sadriddinov ("Istiqlol").




“Eng yaxshi yosh o'yinchi” - Abdukarimov Toxir (“Feniks”).




“Turnir to'purari” - Toshpo'latov Sirojjon (“Pedagog”) 42ta gol.




“Turnirning eng yaxshi o'yinchisi” Mamatov Aziz (“BMB”).




Musobaqada uchinchi o'rinni "Istiqlol" jamoasi egalladi va bronza medallari bilan birga 50 million so'm pul mukofotiga ega bo'ldi. 2-o'rinni egallagan “Feniks” jamoasiga kumush medallar va 100 million so'm pul mukofoti topshirildi. Musobaqa chempioni bo'lgan "BMB" jamoasiga maxsus kubok, oltin medallar hamda 150 million so'm pul mukofoti topshirildi.






Tantanali taqdirlash marosimida VIA Marokand guruhi hamda estradamizning yosh vakilasi Afruza o'z chiqishlari bilan yig'ilganlarga yaxshi kayfiyat bag'ishlashdi.






Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика