Biz payqaganimiz yo'q, ammo Zidan "Real"da tozalash ishlarini boshladi
03 apr 2019 13:35
Yangiliklar
Biz payqaganimiz yo'q, ammo Zidan "Real"da tozalash ishlarini boshladi
Birinchidan, hamma Luka Zidanning "Santyago Bernabeu"dagi debyuti haqida gapirib, bu voqea sport principlariga asoslanganmi yoki oilaviy aloqalar tufayli ro'y berganini muhokama qilishmoqda.
LaLiganing so'nggi jamoasiga qarshi o'yinning bu mavsumga umuman aloqasi yo'q edi: Bu kelasi mavsumga tayyorgarlik. Etiborni darvozabonga emas, asosiy tarkibga qaratamiz.
Braim Dias: "Real" safida debyut. Markos Lorente: To'rtinchi marta chempionat o'yinida asosiy tarkibda maydonga tushdi. Kelajagi haqida mish-mishlar ko'p bo'lgan futbolchilar ikkinchi marta uchrashuvni ilk daqiqalarda boshlashdi: Isko va Garet Beyl. Asosiy tarkibda maydonga tushishi bayramdek bo'lgan Dani Sebalos gol urishga erishdi. Joriy mavsum davomida klubdan ketishi haqida aytilgan Marseloni qo'shing. Bunga qo'shimcha ravishda 3 yildan beri muxlislar va OAV sotishga urinayotgan Karim Benzema. Maydondagi 10 futbolchining 7 nafari kelasi mavsumni "Real"da boshlashi nomalum. Mariano Dias va Federiko Valverde zaxiradan maydonga tushishdi. Bu kelasi mavsum uchun tayyorgarlik bo'lmasa, nima unda? Murabbiy ko'rikni boshlab yubordi: Hammada imkoniyat bor, qolishga munosiblarni tanlash kerak.
Zidan "Real"da hammani taniydi. Nega u futbolchilarni ko'rikdan o'tkazishi kerak?
Hamma gap vaqt nisbiyligida. Ikki yarim yil - bu ko'pmi yoki kam? "Real" murabbiyi uchun ko'p, XXI asrda faqat Joze Mourinyu ko'proq jamoani boshqargan. Ammo u jamoa yaratib, uzoq muddatli vazifalarni hal qilish uchun kelgan edi. Zidanda vaziyat boshqacha bo'lgan. U jamoaga mavsum o'rtasida vaqtinchalik murabbiy sifatida keldi va katta o'zgarishlar amalga oshirgani yo'q. Mana isbot: "Liverpul"ga qarshi CHempionlar ligasi finalida o'ynagan 11 futbolchining 6 nafari (Ramos, Varan, Marselo, Modrich, Ronaldu, Benzema) 2012 yil Mourinyu qo'l ostida ham maydonga tushgan. Zidanning vazifasi har doim keyingi o'yin bo'lgan.
U o'zini og'ir vaziyatlarda to'g'ri qaror qabul qila oladigan professional sifatida ko'rsatdi. CHempionlar ligasidagi ketma-ket uchta g'alaba - bu tinimsiz ko'nikishlar, yangi detallar izlashning mahsuli. Katta muvaffaqiyatlar va jamoada uzoq muddatli rivojlanish strategiyasi yo'qligi hammani hayratga soladi.
Zidan hech qachon katta transferlarga qo'l urmagan. U jamoani kuchaytirish uchun sotib olgan yagona futbolchi - Alvaro Morata. Biroq bu 30 mln. evrolik transfer "Yuventus" bilan imzolangan shartnoma bandining bir qismi edi. Agar murabbiyda transfer siyosati borasida biror g'oya bo'lsa, demak, bundan hech kimning xabari yo'q.
SHu sababli Zidan "Real"da hammani tanishi muhim emas. Unda yangi vazifa bor. Ijaradagilarni hisobga olmasak, kelasi mavsum "Real" vakili bo'lishni istayotgan 25 futbolchi bor. 50 mln. evro evaziga sotib olingan himoyachi Eder Militaoni ham esdan chiqarmaslik kerak. Bu tarkibga yozda sotib olinishi mumkin bo'lgan bir nechta super yulduzlarni qo'shsak, tarkib 30 kishiga etadi. Bu ko'p, juda ko'p. Zidanga qancha futbolchi kerak?
CHempionlik mavsumida murabbiy LaLigada 24 futbolchidan foydalangan. Barcha turnirlarni hisobga olsak, mavsum davomida 27 nafar o'yinchi maydonga tushgan. Zaxira futbolchilari o'zlarining kerakligini his qilishi Zidan uchun juda muhim. Franciyalik qo'l ostida kamida 20 nafar o'yinchi mavsum davomida maydonda 1200 daqiqadan ko'p vaqt o'tkazadi.
Boshqacha qilib qaytadigan bo'lsak, hozir ketadiganlarni tanlash vaqti. Buning uchun Zidan sportdagi eng yoqimsiz ishni qilmoqda: Bahsli nomzodlarga o'ynashga imkon bermoqda. Aytgancha, u "Ueska"ga qarshi bahsdan so'ng rotaciya davom etishini aytdi.
"Ueska"ga qarshi o'yin nimani ko'rsatdi?
Oldinda 9ta bahs bo'la turib, birinchi o'yindan so'ng jiddiy xulosalar qabul qilish g'alati bo'lardi.
Marselo golli pas berganiga qaramasdan yaxshi o'yin ko'rsata olmadi, Lorente esa zaxiradan tushganiga qaramasdan juda yaxshi harakat qildi. Markos Lorente Kasemironing sifatli o'rinbosaridek ko'rinyapti - u o'z yarim maydonini yopib, to'psiz yaxshi harakatlanmoqda (4ta kurashda g'alaba, 3 marta pasni ilib ketish, 3ta fol). Bu etarli bo'lishi kerak. Iskoning yaxshi o'yinidan so'ng "Real"ga Pogba kerakmi degan savol paydo bo'ladi.
Ammo bazi narsalar hozirdanoq aniq
Masalan, Beylning omadsiz o'yinlariga ko'nikib qoldik. U "Ueska"ga qarshi bahsda to'pga 19 marta tegindi, bu Luka Zidandan ham kam. Ikkinchi bo'limda biroz faollashdi: To'rtta kross uyushtirib, 3 metrdan darvozani ishg'ol qila olmadi.
Yana bir nimalarni qo'shimcha qilish mumkin. Jamoadagi tozalash ishlari Benzemaga tasir qilmasligi kerak. Krishtianu Ronaldu paytida Sancho Panso rolini ijro etgan hujumchi portugaliyalik ketishi bilan joriy mavsum barcha turnirlarda 23ta gol urdi (o'tgan mavsumdan ikki baravar ko'p) va "Real" to'purariga aylandi. "Ueska"ga qarshi bahsdan so'ng Alvaro Odriosola Benzemani dunyoning eng yaxshi markaziy hujumchisi deb atadi. Biroz oshirib yuborgan bo'lishi mumkin, ammo Karim haqiqatdan ham maqtovga loyiq edi. "Benzema 10 yildan beri shu erda, bu uning eng yaxshi mavsumidir. Karim jamoadan ketmaydi" - deya Zidan o'zgarishlar Benzemaga tasir qilmasligini bildirdi. Qolganlar esa otni qamchilashi kerak.
Fikrlar