So’nggi yangiliklar

17:38"Барселона" "Атлетико" футболчисини Левандовскига ўринбосар деб билмоқда  0 17:12Ўзбекистон иқтидорларининг энг катта бозори — U-19 чемпионати плей-офф баҳслари эртадан старт олади  0 16:51Суперлига. "Сурхон" – "Шўртан". Таркиблар маълум  0 16:37U-17 Жаҳон чемпионати. Панамани олдин ҳам ютганмиз  2 16:14Ўзбекистон U-17 устози Исмоиловга водий жамоалари қизиқмоқда  9 15:53Мбаппе ва Винисиус ўртасидаги зиддият кучайиб бормоқда  3 15:32Ўзбекистон терма жамоасига бош ошпаз ва нутрициолог жалб этилди  2 15:16Нукус шаҳридаги "Турон" стадиони 2026 йилги мавсумга тайёр бўлади  2 15:00"Қизилқум" Дилшод Комиловга ўринбосарлар жамоаси машғулотларида қатнашишга рухсат берди  2 14:41Эшитдик-да! Қарши давлат университети Про лигада ўйнаши мумкин  7 14:28"Олимпик-MobiUz"ни ушлаб қолишдан фойда борми? Эртага "Олимпик" тақдири такрорланмайдими?  4 14:25"Реал" очко йўқотди, "Арсенал" ва "Бавария" сенсацион тарзда тўхтатилди, Италияда янги етакчи — Еврофутбол дайжести   0 14:00Расман: "Олимпик" Фарғонага боролмайди  2 13:41Ўзбекистон МТЖ Дубайга етиб борди  10 13:04Ўзбекистонлик ҳакамлар Франция ўйинида ишлайди  0

Birinchi zarbda belgacha, ikkinchi zarbda tizzagacha Yangiliklar

Birinchi zarbda belgacha, ikkinchi zarbda tizzagacha

Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi kecha mavsumdagi ikkinchi mag'lubiyatini "Bunyodkor"dan qabul qilib oldi.

Umumiy hisobda jamoa joriy mavsum 3ta o'yinda darvozasidan 5ta to'p olib chiqdi. Ushbu holat nimani anglatadi? Albatta himoyadagi va orqa chiziqdagi muammolarni. Demak bugun "Lokomotiv"ning "Bunyodkor"ga qarshi o'yini va himoyadagi muammolarini tahlil qilishga urinib ko'ramiz. 


Dastlabki vaziyat 

O'yindan keyin ham SHuhrat Maqsudovga aytganimdek "Bunyodkor" birinchi bo'limda o'ziga hos bo'lmagan uslubda harakat qildi. Yani ko'proq uzun paslar va kesiq uzatmalar orqali raqib himoyasini yorib kirish payida bo'ldi. 21-daqiqa o'tib borayotgan pallada mezbonlarning ganalik vingeri Franisiz Narx chap qanotda to'pni markazga intilayotgan Umarali Rahmonalievga uzatdi. Bu erda birinchi xato Alisher Salimovda.  U Narxga qarshi juda sekin o'ynadi va natijada futbolchi to'pni ichqariga osonlikcha uzatdi.  



To'pni qabul qilib olgan Umarali birinchi urinishda Rashidxonov qarshiligin engib zarba berdi. O'sha vaziyatga yaqin turgan Samuel Ope hushyorlikni yo'qotdi. Ope shu kuni pozicion jihatdan ko'p xatolarga yo'l qo'ydi. Ikkinchi bo'limda uning o'rniga Jaloliddin Jumaboev tushirildi. 



Ikkinchi vaziyat


Birinchi bo'limga hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda o'yindagi ikkinchi keskin vaziyat yuzaga keldi. Ushbu vaziyatda yana ganalik futbolchi Narx faollik ko'rsatdi. Markazdan berilgan uzun pasni bir urinishda Tomivaga oshirib berdi. Nigeriyalik forvard Islom Qobilovni osonlikcha aldab darvozaga xotirjam zarba yo'lladi. Bunda xato yana Ope va Qobilovda. Islom bir o'zi qarshilik ko'rsatishga urinib ko'rdi. Ope esa jarima maydonchasiga kech etib keldi. 



Uchinchi vaziyat va gol 

Bunday xatolar ohir oqibat golga olib kelishi kutilayotgandi. Boz ustiga maydon egalari ikkinchi bo'limda o'z uslublariga o'tgach "Lokomotiv" futbolchilari yanada qiynalishdi. Ilk gol penaltidan urildi. Xo'sh aslida penalti bor edimi? Alisher Salimov to'p uchun kurashda Suhrob Izzatovga nisbatan "kontakt" ishlatdi. Uning teginishi oqibatida Izzatov muvozanatni yo'qotdi. O'FA hakamlar bo'limining xulosasi esa shunday bo'ldi: "Uchrashuvning 58-daqiqasida «Bunyodkor» futbolchisi raqib jarima maydoni ichiga kirgan vaqtda himoyachi oyog'ining pastki qismiga zarba berdi. Bosh hakam bu vaziyatda avval o'yinni davom ettirishni ko'rsatdi, biroq VAR hakamlari holatni o'rganib chiqqach, vaziyatni takroran ko'rishni taklif qilishdi. Bosh hakam vaziyatni ko'rgach, penalti belgilandi. Mutaxassislar fikriga ko'ra, VAR yordamida qabul qilingan qaror to'g'ri bo'ldi". 



Superliganing bugungi ikki o'yiniga O'FA hakamlar bo'limining xulosalari


To'rtinchi vaziyat 

Bunda mehmonlarning mudofaa chizig'idagi muammo yaqqol sezildi. "Bunyodkor" yarim himoyachisi Rasul Yo'ldoshev ikkita markaziy himochining o'rtasidan to'pni Usmonali Ismonalievga uzatdi. "Loko"ning ikki himoyachisi suniy o'yindan tashqari holatni keltirishda xato qilishdi. Usmonalining pasini Tomiva golga aylantirdi. 



"SHum bola" filmida aytilganidek, birinchi zarbda belgacha, ikkinchi zarbda tizzagacha.  AGMK avvalgi turda mana shu xatolardan foydalana olmadi. O'shanda ham Haqnazariyda juda yaxshi imkoniyatlar yuzaga kelgandi. "Bunyodkor" esa "temiryo'lchilar" to'rini ikki bor "teshdi". 




Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика