So’nggi yangiliklar

10:53Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин  1 10:24Жароҳати сабаб янги мавсум стартини ўтказиб юборадиган футболчилардан иборат рамзий жамоа  1 09:55Превью. Бугун "Сўғдиёна" Тошкентда "шерлар" меҳмони бўлади  2 09:26"Андижон" футболчилари ОЧЛ 2 қуръасидан олдин ўз фикрларини билдиришди  4 08:57"Манчестер Сити" футболчисини 70 миллион еврога сотмади  2 08:28Александер Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди  8 07:59Бугун "Насаф" ва "Андижон" халқаро майдондаги рақибларини билиб олишади  11 07:30Суперлига. Бугун 19-турга старт берилади  3 01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  1 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  6 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  20 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  3 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   3 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1

Birinchi liga. “Zomin” jamoasining Toshkentdagi yig'ini nihoyasiga etdi. Yangiliklar

Birinchi liga. “Zomin” jamoasining Toshkentdagi yig'ini nihoyasiga etdi.

Xabaringiz bor, birinchi liga vakili bo'lgan Zominning “Zomin” jamoasi Toshkent shahrida ikkinchi yig'inini o'tkaziyotgan edi.

Yig'in doirasida bir qator o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil etildi. Jamoa bu yilgi mavsumda tayyorgarlikni joriy yilning fevral oyidan buyon uzluksiz ravishda olib borayotgan edi. Jamoamiz Toshkentda ikki bor yig'in o'tkazib, shundan birinchisi asosan jamoaga tajribali o'yinchilarni saralash maqsadida tashkil etilgan bo'lsa, ikkinchi yig'in “Zomin-Agrofresh” MCHJ homiyligida tashkil qilinib, asosan jamoani mavsumga tayyorlash va bir qator klublar bilan o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazish maqsad qilingan edi. 

Jamoa o'rtoqlik o'yinlarida “Bunyodkor-2” (3:1), “Xorazm”(2:0), “NBU-Osiyo” (2:1) va “Lokomotiv-BFK” (4:2) klublari bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib barcha bahslarda g'alaba qozondi. Endi klubimiz 24 mart kuni O'zbekiston Kubogi doirasidagi uchrashuvni Zomin markaziy o'yingohida Samarqandning “Dinamo” jamoasiga qarshi o'tkazadi.


Jamoaning hozirga kungacha umumiy tarkibi bilan tanishing:

Darvozabon: Sadiev Otabek

Himoyachilar: Nabiev Ubaydullo, Musurmonov SHohruh, Ikromov Dilmurod, Sadirdinov SHuxrat, Karimov Eldor, Saidov Jaloliddin, Murtozoev Bakir.

Yarim hamoyachilar: Urakov Bobur, Keldibekov Sultonbek, Boev Konstantin, Atabekov Jo'shqin, Tursunov Begzod, Kamolov Durbek.

Hujumchilar: Toshmatov Doston, Fayzullaev Lutfullo, Abdukahhorov Lazizbek, Abdullaev Sohib.

“Zomin” matbuot xizmati Akmal Raxmatullaev.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика