Birinchi liga, “SHarq” mintaqasi. Aprel oyining eng yaxshi murabbiyi Mehmon Solixo'jaev!
09 may 2014 09:35
Yangiliklar

Birinchi liga, “SHarq” mintaqasi. Aprel oyining eng yaxshi murabbiyi Mehmon Solixo'jaev!
“SA” talqini bo'yicha birinchi liganing “sharq” mintaqasida aprel oyining “Eng yaxshi murabbiyi” deb “Kosonsoy” bosh murabbiyi Mehmon Solixo'jaev munosib ko'rildi.
Bir necha yillardan buyon Kosonsoyda ishlab kelayotgan Solixo'jaev bu yil yoshlardan iborat kurashchan jamoa shakllantirgani ko'rinib turibdi. Uning jamoasi ortda qolgan aprel oyida 6at o'yin o'tkazib, 4ta g'alabaga erishdi. Etiborlisi kosonsoyliklar Toshkentda “Oq-tepa” va “NBU-Osiyo”ni mag'lubiyatga uchratib qaytishni uddaladi. Albatta bunda Mehmon Solixo'jaevning hissasi yotibdi.
Undan keyingi o'ringa esa “Xotira-79” murabbiyi Usmon Asqaralievni qo'ydik. Namangan viloyatining Uychi tumanida bu yil kurashchan jamoa tuzilgani ko'rinib turibdi. CHunki tarkibda ham oliy liga havosidan bahramand bo'lgan o'yinchilar yig'ilgan. Bu esa “Xotira-79”ning yuqori o'rinlarda yurishini taminlamoqda. Bu jamoa ham ortda qolgan oy davomida 6ta uchrashuvda maydonga tushib, 3ta g'alaba va 1ta durang qayd etdi. Turnir jadvalida esa 4-o'ringa ko'tarilib oldi.
3-o'ringa “Qo'qon-1912”ni sobiq murabbiyiga aylangan Tohir Kapadzeni qo'ydik. Endilikda “Neftchi” klubi raisi sifatida ishlayotgan Tohir Veysalovich ortda qolgan aprel oyi davomida Qo'qonda to'liq ishladi. 6 o'yinda 3ta g'alaba va 3ta durang qayd etgan qo'qonliklar turnir jadvalida peshqadamlikni qo'lga oldi. Bunda Kapadzening ham xizmatlari borligini takidlash lozim.
Birinchi liga, “SHarq” mintaqasi.
“Aprel oyining eng yaxshi murabbiyi”
1. Mehmon Solixo'jaev (“Kosonsoy”)
2. Usmon Asqaraliev (“Xotira-79”)
3. Tohir Kapadze (“Qo'qon-1912”)

Fikrlar