So’nggi yangiliklar

14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  1 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  3 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  22 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  2 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3

Birinchi liga, “SHarq” mintaqasi. Aprel oyining eng yaxshi futbolchisi – Isroil Tursunov! Yangiliklar

Birinchi liga, “SHarq” mintaqasi. Aprel oyining eng yaxshi futbolchisi – Isroil Tursunov!

Xabaringiz bo'lsa kerak, o'tgan hafta aprel oyining eng yaxshi murabbiylarini elon qilgandik. “SA” talqiniga ko'ra, endi navbat futbolchilarga etib keldi.
“SHarq” mintaqasida ortda qolgan oy davomida o'zini ko'rsatgan eng yaxshi uch futbolchini tanlab oldik. Unga ko'ra 1-o'ringa Isroil Tursunovni qo'ydik. Ayni damda “sharq” mintaqasida to'purarlar ro'yxatini boshqarib borayotgan  hujumchi aprel oyida jamoasining bir necha bor muvaffaqiyat qozonishiga katta hissa qo'shgani bilan etiborimizni tortdi. 28 yoshli hujumchi aprel oyida bo'lib o'tgan 6 uchrashuvda jami 6ta gol urishga erishdi. Ahamiyatlisi Tursunov “Istiqlol”ning safarda “Kosonsoy” va “CHust-Paxtakor”ga qarshi o'tkazgan o'yinlarida ikkitadan gol urib jamoasiga uch ochko keltirdi. Mana shu omillar ham uning aprel oyida eng yaxshi futbolchi bo'lishiga xizmat qildi!

2-o'ringa, Islombek Isoqjonovni qo'ydik. Istedodli hujumchi mana ikkinchi yildirki birinchi ligada to'purarlik mahoratini namoyish etib kelmoqda. O'tgan mavsum Buxoroning “Spartak” jamoasida o'ynagan Isoqjonov joriy mavsumni Uychining “Xotira-79” jamoasida  o'tkazmoqda. To'raqo'rg'onlik futbolchi ortda qolgan aprel oyida “Xotira-79”ga bir necha bor foydali gollarni urishga erishdi. Xususan u ketma-ket uchta o'yinda raqiblar darvozasini ishg'ol etibi, muxlislar etiborini tortdi. Umumiy gollari soni 5tani tashkil etdi.

3-o'rinni Abdurazzoq Jo'raev band etdi. “Kosonsoy” futbolchisi ham aprel oyida o'zining to'purarlik mahorati bilan ko'pchilikni nazariga tushdi. Faoliyati davomida oliy liga vakili “Buxoro” va “Navbahor” kabi jamoalarda o'ynagan Jo'raev joriy mavsumni birinchi ligada o'tkazmoqda. SHu boisan ham unga bu ligada gol urish oson kechayotgan bo'lishi mumkin. Har xolda tajribasi yuqori. 26 yoshli futbolchi chempionatning ilk o'yinida uchta gol urib jamoasiga g'alaba keltirdi. Keyingi o'yinda ham Abdurazzoq gol uri ammo bu uchrashuvda “Kosonsoy” mag'lub bo'ldi.
Ko'rib turganingizdek aprel oyining eng yaxshilarini aniqlashda asosan futbolchilarning urgan gollariga etibor qaratdik. Nega endi, darvozabon, himoyachi yoki yarim himoyachilarni eng yaxshi deb topilmadi degan savol tug'ilishi tabiiy. Buning javobi shundaki turning har bir bahsini ham o'zimiz bevosita kuzatish imkoniyatiga ega emasmiz.

“SHarq” mintaqasida. Aprel oyining eng yaxshi futbolchisi!   
1. Isroil Tursunov – “Istiqlol”
2. Islombek Isoqjonov – “Xotira-79”
3. Abdurazzoq Jo'raev – “Kosonsoy”
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика