Birinchi liga, G'arb mintaqasi. Aprel oyining eng yaxshi murabbiyi Muxtor Qurbonov!
09 may 2014 09:12
Yangiliklar

Birinchi liga, G'arb mintaqasi. Aprel oyining eng yaxshi murabbiyi Muxtor Qurbonov!
O'quvchilarimizga yaxshi malumki, "SA" o'z odatiga ko'ra bu yil ham birinchi ligaga katta etibor qaratgan xolda, undagi har bir voqelikni imkon qadar muxlislar etiboriga etkazib berishga intilmoqda.
Ortda qolgan aprel oyini ushbu birinchi liga bilan bog'lagan xolda sarhisob qiladigan bo'lsak, unda Oyning eng yaxshi murabbiyi va futbolchisini aniqlash lozim bo'ladi. Xo'sh, bu borada qaysi nomzodlarni ko'rsatish mumkin?
Avvalo murabbiylarga etibor qaratamiz.
Saytimiz ijodkorlari bilan maslahatlashgan xolda, aprel oyining eng yaxshi murabbiyi deb Muxtor Qurbonovni topdik. "SHo'rtan" ustozi bu yil jamoada ilk bor bosh murabbiy sifatida ishlayotgan bo'lsa-da, yaxshi taassurot qoldirmoqda deyish mumkin. To'g'ri, kimdir aytishi mumkin: g'uzorliklarda oliy ligaga chiqish vazifasi bor. Tarkibi ham nisbatan mahoratli o'yinchilarga boy deb. Yo'q, gap unda emas. Gap shundaki murabbiy bu yil G'uzorda yangitdan jamoa shakllantirdi. Tajriba va yoshlar ishtirokida tarkib tuzildi. Qolaversa "SHo'rtan" nafaqat aprel oyida balki hozirga qadar chempionatda mag'lubiyatga uchramay kelayotgan yagona klub bo'lib turibdi. Jamoaning birinchi turda "G'ijduvon" bilan durang o'ynaganini hisobga olmaganda, qolgan barcha uchrashuvlarda muvaffaqiyat qozondi. Hammasi bo'lib, 16 ochko to'pladi. Ushbu faktlar Muxtor Qurbonovning haqiqatdan ham aprel oyida yaxshi ishlaganini isbotlab turibdi.
2-o'ringa "Xorazm" ustozi Mansur Davletovni qo'ydik. Sababi urganchliklar ham ortda qolgan oyda nisbatan ijobiy natija qayd etdi deyish mumkin. Boshqacha aytganda aprel oyida o'tkazilgan 6ta o'yindan 4tasida g'alaba, 1ta durang va bir mag'lubiyat! Umumiy ochkolar soni 13tani tashkil etdi. Bunda albatta bosh murabbiyning roli katta. SHu bois Davletov aprel oyining eng yaxshi murabbiylari qatoridan joy oldi!
3-o'ringa uzoq o'ylanishlardan so'ng Nematulla Qutiboevni munosib ko'rdik. CHunki uning boshqaruvidagi "Orol" bu yil o'z muxlislarini quvontirmoqda. Ortda qolgan aprel oyida nukusliklar maqtasa arzigulik natijalarga erishdi. 6ta o'yindan 4tasida g'alaba qozonib, ikki uchrashuvda imkoniyatni boy bergan "Orol" futbolchilari jami 12 ochko to'plagan xolda, 6-turdan keyin turnir jadvalida 3-o'ringa o'rnashib oldi. Bunda tabiiyki jamoa ustozi Qutiboevni hissasi kattadir. Bu yil ham asosan mahalliy yoshlar ishtirokida jamoa tuzgan Nematulla Qutiboev shunga qaramay joriy mavsum o'zini ko'rsatmoqda.
Birinchi liga, G'arb mintaqasi
“Aprel oyining eng yaxshi murabbiyi”
1. Muxtor Qurbonov (“SHo'rtan”)
2. Mansur Davletov (“Xorazm”)
3. Nematulla Qutiboev (“Orol”)

Fikrlar