So’nggi yangiliklar

14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  1 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  3 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  22 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  2 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3

Birinchi liga, “G'arb” mintaqasi. Aprel oyining eng yaxshi futbolchisi – Nizom Norov! Yangiliklar

Birinchi liga, “G'arb” mintaqasi. Aprel oyining eng yaxshi futbolchisi – Nizom Norov!

Birinchi ligada aprel oyining eng yaxshi futbolchilarini aniqlashda davom etamiz. Quyida “G'arb” mintaqasidagi eng yaxshi uchlikga to'xtalamiz.
1-o'ringa uzoq o'ylanishlardan so'ng Nizom Norovni qo'ydik. Bu yil “Xorazm” sharafini himoya qilayotgan hujumchi jamoasi bilan birga ortda qolgan oy davomida ijobiy    natijalar qayd etdi. Norovga to'xtaladigan bo'lsak, termizlik futbolchi aprelda bo'lib o'tgan 6ta o'yinda raqiblar darvozasiga 4 bor yo'l topa olgani bilan etiborni tortdi. Ahamiyatlisi Nizom gol urgan o'yinlarda “Xorazm” mag'lub bo'lmagan. O'tgan mavsumda ham bu hujumchi “CHust-Paxtakor”da o'ynab to'purarlar qatoridan joy olgandi. Bu yil “Xorazm” murabbiylarining undan umidi katta.

2-o'ringa Navro'zbek Haipov munosib ko'rildi. “Orol”ning ishongan hujumchilaridan biri bo'lmish Haipov aprel oyi davomida jamoasi uchun 3 bor foydali gollar urishga erishdi. Umuman aytganda Nukus jamoasi ham o'tgan oyda yaxshi natijalar qayd etdi. 24 yoshli futbolchi esa mazmunli o'yinlari natijasida muxlislar olqishiga sazovor bo'ldi.

3-o'ringa Eldor Tojiboevni kiritdik. O'ylaymizki ushbu tanlovimiz bilan yanglishmadik. Sababi shu kungacha “SHo'rtan”ning barcha uchrashuvlarida o'ynab kelayotgan darvozabon aprel oyida atiga bir bor o'z darvozasidan to'p olib chiqishga majbur bo'ldi. G'uzorliklarning chempionatda mag'lubiyatga uchramay kelayotganiga aynan Tojiboevning ham hissasi katta bo'lmoqda deyish mumkin.
   
“G'arb” mintaqasi. Aprel oyining eng yaxshi futbolchisi!   
1. Nizom Norov – “Xorazm”
2. Navro'zbek Haipov – “Orol”
3. Eldor Tojiboev – “SHo'rtan”
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика