So’nggi yangiliklar

14:29Қирғиз Республикаси терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  0 14:16Лутфулла Тўраев "Бунёдкор"га қайтди  2 13:52"Жиззахда Абрамов, Ғузорда Лушчан жамоасининг имконияти юқори" — Павел Соломин   1 13:2944 ёшли дарвозабон жаҳон рекордини янгилади  1 12:46"Осасуна" мураббийи "Реал"га қарши баҳсдаги четлатиш ҳақида: "Бу мен учун қизил карточка эмас"  14 12:35Ўмон терма жамоаси CAFA турнири учун таркибини эълон қилди  2 12:08Собиқ ҳакам: "Мбаппе билан боғлиқ вазиятда пенальти йўқ эди"  22 11:36"Навбаҳор" охирги маротаба Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  4 10:50Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди  7 10:21ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда  1 09:52"Тоттенхэм" Англия терма жамоаси аъзосининг транферини якунлади  3 09:23Моуринью нима учун ўзини дунёнинг энг яхши мураббийларидан бири деб билишини тушунтирди  15 08:54"Ньюкасл" Исак бўйича расмий баёнот берди  3 08:25Муҳаммад Салоҳ тарихий натижа қайд этди  4 07:56ЦСКА тасдиқлади  16

Birinchi liga. Eng ko'p gol o'tkazib yuborgan “Istiqlol” haqida Yangiliklar

Birinchi liga. Eng ko'p gol o'tkazib yuborgan “Istiqlol” haqida

Birinchi ligada bu yil ikkinchi mavsumni o'tkazayotgan Toshkentning “Istiqlol” klubi ikkinchi bosqichga chiqish masalasini ijobiy hal qila oldi.
Yodingizda bo'lsa bu jamoa o'tgan mavsum moliyaviy muammolarga duch kelgan “Yangier”ni o'rniga ikkinchi bosqichda ishtirok etgandi.

Boshqalarni bilmadimu, lekin men “Istiqlol”ni oliy liga vakili “Metallurg”ga qiyoslayman. Jamoa o'z maydonida etakchi klublarni mag'lubiyatga uchratib, keyinchalik o'rtamiyona jamoalarga qarshi bahslarda imkoniyatni boy beradi.



Barqarorlik yo'q. Aniqsa bu yil shunday xolat ko'p kuzatilmoqda. Kamol Jo'nashev boshqaruvidagi jamoa birinchi bosqich davomida o'z darvozasidan eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan jamoa bo'ldi, 52! SHu bilan birga toshkentliklar raqib darvozasi tomon yo'l topa olish bilan ham maqtana oladi. Boisi “Istiqlol” gol urish borasida “Qo'qon-1912”dan keyingi o'rinni egalladi.

Toshkent jamoasi tarkibida birinchi bosqichda yoshi katta futbolchi SHohid Tillaboev bo'ldi, 31 yosh!
Aksincha eng yosh o'yinchi esa Azamat Roziqov, 17 yosh.


 
Kim qancha gol urdi?

Futbolchi

Gol

pen.

Isroil Tursunov

13

(2)

Jamoliddin Normirzaev

9

Obid Xakimov

4

SHoxruz Norxonov

4

Baxodir Daminov

3

Ilxom Aliboev

3

Xasan Ergashev

3

Azmat Rozikov

2

Nodir Odilov

2

Boburmirzo Muxtorov

1

Jasur Mirzaboev

1

Ravshan Abduvoxidov

1

Rasul Raxmonberdiev

1

Temur Sadirov

1

SHoxid Tillaboev

1

(1)

Quyida jamoaning birinchi bosqichda qayd etgan natijasi bilan batafsil tanishish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

O'yinlar

22

Gollar

49

Uyda

26 (53,06%)

Safarda

23 (46,94%)

O'tkazib yuborilgan gollar

52

Uyda

26 (50%)

Safarda

26 (50%)

O'rtacha urilgan gollar

2,23

O'rtacha o'tkazib yuborilgan gollar

2,36

Uydagi ochkolar

15/33 (45,45 %)

Safardagi to'plangan ochkolar

14/33 (42,42 %)

Eng yirik g'alaba

5:1 – “Paxtakor-2”

Eng yirik mag'lubiyat

1:4 – “Obod”

Gol o'tkazmagan o'yinlar

0 (0%)

Gol ura olmagan o'yinlar

2 (9,09%)

Irodali g'alaba

3

Irodali durang

1

Irodasiz mag'lubiyat

2

Irodasiz durang

1

Yirik g'alaba

2

Yirik mag'lubiyat

2

Avtogol (urilgan/o'tkazib yuborilgan)

0/0

Ogohlantirish (o'rtacha)

56 (2,55)

CHetlatish (o'rtacha) – To'g'ridan-to'g'ri/2SK

3 (0,14) - ½

Muxlislar (jami/o'rtacha)

17854/812



Islombek RUSTAMBEKOV tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика