So’nggi yangiliklar

02:50Иброҳим Ибрагимов: "Сўғдиёна"нинг нозик томонларини ўрганиб чиққандик"  2 02:15Францияда ҳам чемпионат старт олди  0 01:57АПЛ старт олди: "Ливерпуль" мавсумни қийин ғалаба билан бошлади  22 01:33Башар Ресан: "Бу ғалабали йўлни "Андижон"га қарши ўйинда ҳам давом эттирмоқчимиз"  3 01:20"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Ноттингем"га ўтиши мумкин  0 01:00"Ал Ҳилол" қачон Қаршига келади? "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги тақвими маълум  1 00:49Уго Экитике - АПЛнинг 2025/26 йилги мавсуми илк голи муаллифи!  1 00:32"Байер" Эрик тен Хаг қўл остидаги илк расмий ўйинида йирик ғалаба қайд этди  2 00:06ЛаЛига қайтди! Илк ўйинда Мадрид жамоаси Каталонияда ғалабага эришди  1 23:57Жованни Леони дунёнинг энг яхши ҳимоячиси кимлигини айтди  1 23:40Ханс-Дитер Флик: "Учта соврин - бошланиш ҳолос"  8 22:59Иван Бошкович: "Бугун биз яхши рақибга мағлуб бўлдик, бундан трагедия ясаш керак эмас"  3 22:30"Ливерпуль" 18 ёшли ҳимоячини 35 миллион еврога сотиб олди  0 22:15"Андижон"га қарши ўйин, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги имконияти, бугунги ҳимоявий ўйин ҳақида - Камолиддин Тожиев иштирокидаги матбуот анжумани  6 21:47"Андижон"нинг халқаро майдондаги ўйинлари тақвими маълум қилинди  20

Birinchi liga. “Cementchi”-“Xorazm” prevyu Yangiliklar

Birinchi liga. “Cementchi”-“Xorazm” prevyu

O'zbekiston birinchiligining 2-turidan o'rin olgan ”Cementchi” – “Xorazm” uchrashuvi 4 aprel sanasida Quvasoyda “Cementchi” markaziy o'yingoxida bo'lib o'tadi.

Jamoamiz “Cementchi” shu kuni Urganchning “Xorazm” jamoasini qabul qiladi.

Navbatdagi  raqibimiz “Xorazm” jamoasi haqida.

“Xorazm” jamoasi boshqaruvini ushbu mavsumdan boshlab yangi bosh murabbiy Aleksandr Ejov o'z qo'liga oldi. Ushbu murabbiy mavsum avvalidan jamoa tarkibini sezilarli darajada kuchaytira olishga erishdi. Tarkibga bir qator futbolchilarni jalb qildi. Xususan  “Cementchi” jamoasining nukuslik xujumchisi Nurlibek Talasbaevni, o'tgan mavsum “Olmaliq” jamoasida harakatlangan  tajribali ximoyachi Aybek Nurboevni va yana bir qator etakchi futbolchilar bilan jamoa tarkibini kuchaytirib oldi deyish mumkin. 

O'tgan mavsumda “Xorazm” jamoasi  32 ta uchrashuvda maydonga tushib 12ta g'alaba 6ta durrang va 14 bor mag'lubiyatga uchragan. Raqiblar darvozalariga 56ta to'p kiritib  o'z darvozalaridan 50ta to'p o'tkazib yuborgan. Mavsum yakuniga ko'ra “Xorazm” 42 ochko to'plab, turnir jadvalini 7-pog'onada yakunlagan.

Jamoamiz “Cementchi” shu kungacha “Xorazm” klubi bilan o'zaro rasmiy o'yinlarda 5 marotaba ro'baro kelgan. O'tkazilgan 4ta uchrashuvda jamoamizning qo'li baland kelgan bo'lsa 1ta uchrashuvda urganchliklar g'alaba qozongan.

 2015 yil 17 may. 

"Xorazm" – "Cementchi" 1:0

 2015 yil 10 sentyabr 

 "Cementchi" - "Xorazm" 4:0

 2016 yil 5- iyun 13-tur 

"Xorazm" – "Cementchi" 1:2

Gollar: Erbol Seytnazarov, Raxmatillo Meliboev 2ta

2016 yil 12 noyabr 23-tur

“Cementchi- “Xorazm” 5:0

Gollar: Davron Mamatov (30), Jamshid Qobulov (33), Raxmatillo Meliboev (47), Elyor Mamasoliev (51), Otabek Axmadjonov (76)

Xakamlar: D.Pislegin (Toshkent), I.Nosirov (Namangan), E.Tursunov (Namangan)

Inspektor: I.Raximov (Andijon)

4 aprel seshanba kuni “Cementchi” markaziy stadionida 2-tur uchrashuvlari doirasida bo'lib o'tadigan “Cementchi” - “Xorazm” uchrashuviga barcha ishqibozlarni taklif etamiz. Uchrashuv 15:30 da boshlanadi.


“Cementchi” matbuot  xodimi Zuxriddin Abdullajonov


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика