So’nggi yangiliklar

09:26"Андижон" футболчилари ОЧЛ 2 қуръасидан олдин ўз фикрларини билдиришди  0 08:57"Манчестер Сити" футболчисини 70 миллион еврога сотмади  2 08:28Александер Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди  6 07:59Бугун "Насаф" ва "Андижон" халқаро майдондаги рақибларини билиб олишади  0 07:30Суперлига. Бугун 19-турга старт берилади  1 01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  1 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  5 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  17 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  2 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  7 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  8

Birinchi liga. "Andijon"ning Toshkentdagi yig'ini yakunlanmoqda Yangiliklar

Birinchi liga. "Andijon"ning Toshkentdagi yig'ini yakunlanmoqda

Avval xabar berganimizdek, Andijon jamoamiz mavsumlar oralig'idagi so'nggi yig'inini Toshkentda olib bormoqda.

Poytaxtdagi yig'in chog'ida futbolchilar kuniga ikki mahaldan shug'ullanib, bir qator sinov-nazorat o'yinlarida ham maydonga tushmoqda. Xususan Qozog'istonning "Kaspiy" va Buxoroning "Nurafshon" jamoasi bilan bo'lgan uchrashuvda nursiz (0:0) durang qayd etildi. 

Toshkentning "O'rikzor" klubi esa 3:1 hisobida taslim etildi. Kecha "burgutlar" navbatdagi o'rtoqlik o'yinini "Xorazm" jamoasiga qarshi o'tkazib, 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvda avvaliga urganchliklar standart vaziyatdan hisobni ochgan bo'lsa, andijonliklardan Farruh SHotursunov bilan SHahboz Jumaboev raqib darvozasini bittadan ishg'ol qildi va jamoamiz irodali g'alabani qo'lga kiritdi. 

Tarkibga markaziy himoyachi Timur Kagirov kelib qo'shilganini malum qilamiz. Muxlislar yaxshi bilishsa kerak, tajribali futbolchi ilgari ham "Andijon" (2005 va 2008 yillar) safida o'ynagandi. 

Ertaga jamoamiz "Bunyodkor" yoshlariga qarshi sinov-nazorat bahsida maydonga tushadi. SHundan so'ng "Andijon"ning Toshkentdagi yig'ini yakuniga etadi.


"Andijon" matbuot xizmati


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика