So’nggi yangiliklar

10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  1 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  0 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  4 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  18 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  2 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  3 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  11 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  8

Birinchi liga. 4-tur statistikasi Yangiliklar

Birinchi liga. 4-tur statistikasi

O'tgan hafta birinchi liganing ikkinchi bosqich, 4-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Bugun esa navbatdagi turga start beriladi. Odatdagidek ortda qolgan turning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.

MEZBONLAR UCHUN ATALGAN TUR
4-turda jami 7ta o'yin o'tkazildi. Birgina bahs o'tkazilmadi.Bu hafda quyiroqda to'xtalamiz. Mazkur tur mezbonlar uchun omadli o'tdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Sababi ushbu turda o'z muxlislari qarshisida o'ynagan jamoalar muvaffaqiyat qozondi. Birgina “UzDongJu” hisobiga uch ochko yozildi. Andijonliklar ushbu turda texnik g'alabani qo'lga kiritdi. Boisi PFLga hanuz badal pulini to'lamagan “G'allakor-Avtomobilchi” shu tariqa jazolandi. Agarda xolat shu zaylda davom etaversa g'allaorolliklarning chempionatdagi ishtiroki ham butunlay to'xtashi hech gap emas.

Turnir peshqadmi “SHo'rtan” o'tgan payshanba kuni ortidan taqib etib kelayotgan “Qo'qon-1912”ni qabul qildi. Oliy ligaga chiqish uchun asosiy nomzod hisoblangan jamoalar o'rtasidagi kurashda mezbonlarning kichik ustunligi qayd etildi.

Nukusning “Orol” jamoasi ham bu yil chakki ko'rinmayapti. Jamoada moddiy imkoniyatlari biroz yaxshilandi shekilli, ishtirok ham shunga monand ijobiy tomonga o'sib bormoqda. Nukusliklar ushbu turda Toshkentning “Oq-tepa” jamoasini qabul qilib, 3:1 hisobida g'alabaga erishdi. Tabiiyki bundan keyin mahalliy ishqibozlarning xursandchiligi cheksiz edi.

Bu yil debyutant bo'lishiga qaramay, raqiblariga jiddiy bosh og'riq bo'layotgan “Obod” ushbu turda “Mashal-2” mehmoni bo'ldi. Tarkibi asosan akademiya tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan muborakliklar o'z maydonida Sardor Abduraimovning 90-daqiqada kiritgan goli evaziga g'alaba qozondi.

Urganchning “Xorazm” jamoasi bu yil ishqibozlar kutganichalik natija ko'rsatmayapti. “NBU-Osiyo” bilan o'yinda urganchliklar tayyor g'alabani qo'ldan chiqardi. Yakunda 1:1 hisobida durang qayd etildi.

Payshanba kuni bo'lib o'tgan o'yinlarda birgina “Xotira-79” safarda ochko ola bildi. Uychiliklar “Zomin”da mehmon bo'lib, 1:1 hisobida durang qayd etdi. Etiborlisi bu “Xotira-79”ning ketma-ket uchinchi duranggidir.

Kosonning “Alanga” jamoasi ham bu yil chakki ko'rinmayapti. O'tgan yili bu jamoa juda qiyin xolatga tushib qolgandi. Joriy mavsum esa biroz ijobiy tomonga o'zgarish bor. Anvar O'rinov shogirdlari safarda ham munosib ravishda o'ynab, qimmatli ochkolarni qo'lga kiritmoqda. “Alanga” bu turda Toshkentning “Istiqlol” jamoasini qabul qilib, ishonchli g'alabaga erishdi va o'z hisobida navbatdagi uch ochkoni yozdirib qo'yishga erishdi.

Bundan oldingi turda peshqadam “SHo'rtan”ni mag'lubiyatga uchratib, o'ziga xos shov-shuv uyg'otgan “Paxtakor-2” bu safar “SHerdor” mehmoni bo'ldi. Samarqandda kechgan bahsda maydon egalari yagona gol evaziga g'alaba qozondi.   
 
4-tur. 28 avgust (payshanba)
“G'allakor-Avtomobilchi” – “UzDongJu” -/+
“Zomin” – “Xotira-79” 1:1
“Orol” – “Oq-tepa” 3:1
“Xorazm” – “NBU-Osiyo” 1:1
“Mashal-2” – “Obod” 1:0.
“SHo'rtan” – “Qo'qon-1912” 1:0.
29 avgust (juma)
“Alanga”– “Istiqlol” 3:1.
“SHerdor” – “Paxtakor-2” 1:0.

GOLLAR
* Mazkur turda bo'lib o'tgan 7ta o'yinda jami 16ta gol kiritildi.
* Har bir o'yinga 2,28tadan gol demakdir.
* Umumiy gollardan 12tasi mezbonlar hisobiga yozildi.
* Qolgan 3ta golni esa mehmon jamoalar kiritgan.
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida jami 9ta to'p kiritildi.
* Qolgan 7ta gol ikkinchi taymda urilgan.
* Ushbu turda eng ko'p to'p kiritgan jamoa “Alanga” bo'ldi, 4ta!
* “Istilqol” esa aksincha eng o'z darvozasidan eng ko'p gol o'tkazib yuborgan jamoa bo'ldi.
* Ushbu turda eng tezkor gol 4-daqiqada kuzatildi. “Alanga” azosi Sarvar Xolmurodov ushbu daqiqada gol kiritishga erishdi.
* Aksincha 4-turda urilgan gollardan eng so'nggi “Mashal-2” futbolchisi Sardor Abduraimov hisobiga yozildi. “Obod”ga qarshi kechgan bahsning 90-daqiqada to'p kiritgan futbolchi shu bu bilan jamoasiga uch ochko keltirdi.
* Ushbu turda hakamlar ikki o'yinda bittadan penalti belgilashdi. “Orol”ning to'purar o'yinchisi Navro'zbek Haipov bundan unumli foydalangan bo'lsa, “Alanga” azosi Javohir Ashurov nuqtadan adashdi.

OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
* Bo'lib o'tgan 7ta o'yinda hakamlar jami 31ta sariq kartochka ko'rsatdi.
* Bu har bir bahsga 4,42 tadan ogohlantirish demakdir.
* Mezbon jamoalarning 11 nafar o'yinchisi sariq kartochka bilan “siylangan”.
* Mehmonlardan esa jami 20ta o'yinchi ogohlantirilgan.
* Eng ko'p sariq kartochka olgan jamoa “Obod” bilan “Istiqlol” bo'ldi, 4tadan!
* SHuningdek 4-turda qizil kartochka olgan futbolchilar ham uchradi. Marat Auniyozov (“Orol”) va Kamoliddin Tojiboev (“Obod”) hakam tomonidan qizil kartochkaga loyiq topildi va maydonni barvaqt tark etishga majbur bo'ldi.
* Tojiboev 44-daqiqadayoq bosh hakam Olim To'ychiboev tomonidan ikkinchi sariq kartochkaga munosib ko'rildi va jamoasini qiyin ahvolga solib qo'ydi. Auniyozov esa jamoasining “Oq-tepa”ga qarshi kechgan bahsida 90+2-daqiqada qizil kartochka loyiq ko'rildi. Endi bu futbochilar bugungi o'yinda jamoasiga yordam bera olmaydi.

MUXLISLAR
* Turning bo'lib o'tgan 7ta o'yiniga jami 9438 nafar ishqiboz tashrif buyurgan.
* Bu har bir uchrashuvga o'rtacha miqdorda 1348tadan tomoshabin demakdir.
* Eng muxlis kirgan o'yin “Xorazm” – “NBU-Osiyo” bahsi bo'ldi, 2370 ta muxlis.
* Aksincha bu borada eng kam muxlis tashrifi Samarqandda kuzatildi, 78ta.
 
Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
Zomin  – Xotira-79  – 1:1. 2215 tomoshabin.
Orol – Oq-tepa – 3:1. 2247 tomoshabin.
Xorazm – NBU-Osiyo – 1:1. 2370 tomoshabin.
Mashal-2 – Obod – 1:0. 185 tomoshabin.
SHo'rtan – Ko'qon-1912 – 1:0. 2025 tomoshabin.
Alanga – Istiqlol – 4:1. 318 tomoshabin.
SHerdor – Paxtakor-2 – 1:0. 78 tomoshabin.

IKKINCHI BOSQICH, 4-TURDAN KEYINGI VAZIYAT

#

Jamoa

O'

YU

D

M

UG - O'G

T-N

Ochk

1

SHo'rtan

18

16

1

1

59 - 9

50

49

2

Qo'qon-1912

18

12

2

4

36 - 18

18

38

3

Oq-tepa

18

10

3

5

43 - 30

13

33

4

Obod

18

10

1

7

29 - 23

6

31

5

Zomin

18

8

5

5

28 - 19

9

29

6

UzDongJu

18

9

1

8

27 - 25

2

28

7

NBU-Osiyo

18

8

4

6

35 - 28

7

28

8

Mashal-2

18

8

3

7

15 - 24

-9

27

9

Alanga

18

7

3

8

23 - 30

-7

24

10

Xorazm

18

6

5

7

21 - 24

-3

23

11

Orol

18

6

4

8

17 - 21

-4

22

12

Paxtakor-2

18

6

3

9

29 - 35

-6

21

13

Xotira-79

18

5

4

9

21 - 30

-9

19

14

SHerdor

18

5

4

9

12 - 29

-17

19

15

Istiqlol

18

4

0

14

33 - 51

-18

12

16

G'allakor Avtomobilchi

18

1

3

14

15 - 47

-32

6



5-TURDA UCHRASHADILAR
4 sentyabr (payshanba)
“Istiqlol” – “Zomin”
“Paxtakor-2” – “G'allakor-Avtomobilchi”
“UzDongJu” – “Xorazm”
“Xotira-79” – “Orol”
“Obod” – “SHerdor”
“Qo'qon-1912” – “Alanga”
6 sentyabr (shanba)
“Oq-tepa” – “SHo'rtan”
“NBU-Osiyo” – “Mashal-2”

Islombek Rustambekov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика