So’nggi yangiliklar

13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  0 12:59Рубен Диаш: “Ман Сити”да янги ўйинчилар пайдо бўлди, лекин сифат ўзгармаган"  0 12:17Уэйн Руни: “МЮнинг ўтган ёзгача бўлган трансфер сиёсати даҳшатли эди"  0 11:53Ўзбекистон U-23 терма жамоаси асосий таркиби эълон қилинди  3 11:37Рауль Кумар: "Қатарга узоққа бориш мақсадида ташриф буюрганмиз ва биздан шуни кутишмоқда"  3 11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  20 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  1 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  2 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  3 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  3 08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  24 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  3

Birinchi davrada hakamlar qurboni bo'lgan "burgutlar" bu safar "Surxon"dan qasos oladimi yoxud "Bobur Arena"da kim g'olib chiqadi? Yangiliklar

Birinchi davrada hakamlar qurboni bo'lgan "burgutlar" bu safar "Surxon"dan qasos oladimi yoxud "Bobur Arena"da kim g'olib chiqadi?

Ikkinchi davra startini ikki xil natija bilan boshlagan "Andijon" va "Surxon" jamoalari bugun Superligada to'qnash kelishadi.

Garchi markaziy maqomda bo'lmasada, maydonda jang kechishini, kurash bo'lishini oldindan bemalol aytish mumkin. Ayniqsa mezbonlar uchun bu o'yinning ahamiyati o'ta yuqori. 

Andijon

Superliga. 15-tur

04/08/2023, 20:00

0
:
0
Tugadi

Surxon

45'
90'
83'  Islom Mamatkazin
85'  Armin Boshnyak
27'  Behruz SHaydulov

O'zaro uchrashuvlar 

Ushbu klublarning o'zaro o'yinlar tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, O'zbekiston chempionatlari davomida jamoalar o'zaro 31 marotaba to'qnash kelishgan. Ustunlik “Andijon” tarafida. Boisi, 16 ta bahsda “Burgutlar” g'alaba qozongan. “Surxon” esa 10 ta uchrashuvda ustun kelgan. Bundan tashqari, yana 5 ta uchrashuvda durang qayd etilgan. To'plar nisbati 57-38 “Andijon”ning foydasiga.

Bu yil birinchi davrada Toshkentdagi “Paxtakor” markaziy stadionida “Surxon” mezbonligi ostidagi bahsda 1:0 hisobida termizliklar g'olib chiqishgan. 

2021 yilgi mavsumda “Andijon” “Bobur Arena”dagi ochilish o'yinida “Surxon”ni 1:0 hisobida taslim qilgan. 

SHuningdek, o'zaro uchrashuvlarning 5 tasida “Andijon” mazkur raqibini yirik hisoblarda mag'lubiyatga uchratgan. Jumladan, 3:0, 5:1, 6:2, 4:0, 5:0 hisoblar qayd etilgan. SHu bilan birga bir marta 4:4 hisobida jangovar durang ham kuzatilgan.

"Surxon" o'z tarixida faqat 2 (2020, 1994) marotaba "burgutlar"ni mehmonda taslim qilishni uddasidan chiqqan. 

Navbatdagi bahs esa “Andijon” va “Surxon” klublarining o'zaro 32-to'qnashuviga aylanadi. 

Tarkibni to'g'ri shakllantirayotgan "Surxon"

Mavsum boshida tarkibni yig'ish jarayonida "Surxon"ni ikkinchi "Olimpik"ka qiyoslangandi. Lekin tarkib yoshartiriladi degani bilan butunlay 100 foiz yoshlar qamrab olinmadi va ularning orasiga tajribali futbolchilar, legionerlar qo'shildi. Bu esa katta faktor hisoblanadi. Yoshlar raqobatda o'zidan kattalarga qarab harakat qiladi, intiladi. Futbolda umuman hamma sohada "dedlar" degan gap bor. Ular kerak bo'lganda yoshlarni yo'lga soladi, quyushqondan chiqib ketganlarga maslahat beradi umuman tartibni ushlab turish, "razdevalka" uchun bu muhim. Termizliklarning barqarorligi murabbiylar va rahbariyat tarkibni shakllantirishda to'g'ri siyosat olib borganida. 

Mehmonda omadi kelmayotgan "Surxon"

Tokov va Arslanov boshchiligidagi "Surxon" bu mavsum mehmonda 7ta o'yin o'tkazdi va ikkinchi davraga kelibgina birinchi 3 ochkosini "Jar"da OKMK ustidan qo'lga kiritdi. Qolgan 6ta o'yinning 3tasida mag'lubiyatga uchradi va 3 bor raqiblari bilan murosa ko'chasini tanladi. "Andijon"da esa tenglik. Lekin Xomyakov shogirdlari mezbon maqomida so'nggi 4ta o'yinda 7 ochko ishlashga muvaffaq bo'lishdi. 

Jamoalardan kutilayotgan o'yin 

"Andijon"ning asosiy quroli standart va qanotlardan uzatiladigan to'plar. Bunda yarim himoyachilar ko'proq Rubin Xebayni to'p bilan taminlashga harakat qilishadi. "Surxon" himoyachilari albaniyalik hujumchini yopish orqali raqibining gol urish imkoniyatini kamaytiradi. Lekin bu bilan ular to'liq zararsizlantirishmaydi. CHunki bo'ydor Ildar Mamatkazin katta sahnaga chiqadi. O'ylantirayotgan jihat maydon sifati ikki jamoaga o'z o'yinini ko'rsatishga tasir qilmasmikin?

"Surxon"dan ochig'i nima kutishni ham bilmaysan kishi. Termizliklar safida Nimeli yoki boshqalar emas, Asadbek Sobirjonov va Asilbek Jumaev kutilmaganda o'yinni o'zgartirib yuboradi. Jamoada xarakter bor va ular oxirigacha kurashadi. "Bobur Arena"dan kim g'alaba bilan chiqib ketadi?

So'nggi o'yin 

Rahim Karimov va Aziz Asimovning VAR ranglarini adashtirib yuborishi va ayrim qarorlari sabab mag'lub bo'lgan "Andijon" bugun birinchi davradagi natija tasodifligini isbotlashi kerak bo'ladi. 

"Surxon" – "Andijon" 1:0

11 mart 2023 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 17:00

Hakamlar: Rahimbek Karimov, Mahmud Turdiev, Feruz Dostonov, Sanjar Nazarov

VAR: Aziz Asimov

AVAR: Alisher Usmonov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

Komissar: Jamshid Imomov

Gol: Sunnatulloh Hamidjonov 81, - 1:0 (Dostonbek Tursunov). 

"Surxon": 1.Artyom Potapov, 2.Bobirjon Asqarov, 3.Sunnatulloh Hamidjonov, 7.Dostonbek Tursunov (99.Kamron Saidazimov, 90+4), 8.Humoyun SHerbo'taev, 10.Tamirlan Jamalutdinov (77.Asadbek Karimov, 5)19.Nuriddin Hasanov, 25.Nodirbek Bobomurodov (15.Diyor Ramazonov, 90), 18.Silvanus Nimeli, 55.SHohjahon Sultonmurodov, 66.Behruz SHaydulov

Zaxira: 13.Azizxon Isoqov, 5.Azizbek Pirmuhamedov, 6.Artyom Sokol, 11.Qadamboy Nurmetov, 22.Javohir Jo'raev, 27.Asilbek Jumaev,

"Andijon": 72.Igor Litovka, 4.Dilshod Komilov,  5.Abduvohid G'ulomov, 7.Bobur Farhodov (8.Farhod Bekmurotov, 58), 9.Levan Arveladze, 17.Farhod Sohibjonov (11.Sardor Abdunabiev, 85), 19.Suhrob Berdiev (22.SHahboz Erkinov, 90+4), 21.Ildar Mamatkazin (s), 26.Muhammadkarim Toirov, 88.Nodar Kavtaradze (99.Rubin Xebay, 58), 91.Axtam Nazarov (66.Ilhom Alijonov, 85)

Zaxira: 12.Mohir Komilov, 10.Ilhom Abdunabiev, 14.Abdurahmon Komilov, 28.Islom Mamatkazin,

Ogohlantirishlar: Humoyun SHerbo'taev 60, Rubin Xebay 90+8.

CHetlatishlar: Levan Arveladze 53, Rubin Xebay 90+9.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика