So’nggi yangiliklar

14:54"Ливерпуль" футболчисининг голи Жек Грилишга 500 фунтга тушди  0 14:20Погба Франция чемпионатига қайтишга яқин  1 13:58Гвардиола: "Йўқ, бу хабар ёлғон"  0 13:20Расмий хабар: БААга қарши ўйиндан олдин Ўзбекистонда яна бир йўқотиш   14 13:08Владо Радманович: "Катанец ноябрь ойида терма жамоани ўзи бошқаради" (ўйинолди матбуот анжумани тўлиқ)  19 13:00ЖЧ-2026 саралаши. БАА сафардаги ўйинларнинг ҳаммасида ғалаба қозонмоқда  10 12:33Ўзбекистон МТЖ қачон охирги марта ўз майдонида кўк рангли формада ўйнаган?  7 12:09БАА бош мураббийи Паулу Бенту: "Ўзбекистон терма жамоаси мундиалга тўғридан-тўғри чиқишга даъвогар"  15 11:52БАА терма жамоаси Ўзбекистонга қандай таркиб билан келди? Рўйхатда Англияда ўйнайдиган икки футболчи бор  18 11:33Корея Республикаси - Ироқ учрашувида 6 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  6 11:25Месси билан ҳазиллашган Ўринбоев  6 11:05Ўзбекистон БААга қарши кўк либосда ўйнайди  13 10:54"Арсенал" афсонаси Гвардиоладан сўнг "Манчестер Сити"ни бошқариши мумкин  0 10:23"Манчестер Юнайтед"ни бошқариш учун яна бир номзод пайдо бўлди  3 10:08Жаъфар Ирисметов: "Ҳозир терма жамоанинг ўйинини яхши ёки ёмон дейдиган пайт эмас"  7

Birinchi bosqichning yakuniy statistikasi Yangiliklar

Birinchi bosqichning yakuniy statistikasi

O'zbekiston Superligasining birinchi bosqichi ham o'z nihoyasiga etdi. 22ta turdan so'ng 12ta klub ikki guruhga bo'linadi.

Kuchli oltilik chempionlik uchun, quyidagi oltilik esa Superligada qolish uchun kurashadi. Biz o'quvchilarimiz etiboriga dastlabki davraning statistikasini taqdim etamiz.


Birinchi bosqich yakunlari raqamlarda

Bu mavsumda 132ta o'yin o'tkazildi.  Darvozalarga  299ta to'p kiritildi (o'rtacha har bir o'yinga 2,27tadan to'p to'g'ri keladi).

«Navbahor», «Paxtakor» va «Lokomotiv» o'z maydonda mag'lub bo'lishmadi. Faqatgina «Neftchi» safarda umuman g'alabaga erisha olmadi.

«Navbahor» o'z maydonida darvozasidan eng kam to'p o'tkazib yuborgan – 2ta. «Nasaf» esa o'z maydonida darvozasidan eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan – 15ta.

«Paxtakor» safar uchrashuvlarida o'z darvozasidan eng kam – 8ta to'p o'tkazib yuborgan. «Buxoro» safar uchrashuvlarida o'z darvozasidan eng ko'p – 21ta to'p olib chiqqan.  

 
«Paxtakor» o'z maydonida eng ko'p to'p kiritgan – 22ta. «Neftchi» o'z uyida eng kam, 6ta gol urgan.

«Bunyodkor» safar uchrashuvlarida eng ko'p to'p kiritgan – 15ta. «Neftchi» safar uchrashuvlarida ham eng kam to'p kiritgan – 6ta.

«Navbahor» va «Paxtakor» o'z maydonida eng ko'p ochkoni qo'lga kiritgan – 29ta. «Neftchi», «Qizilqum» va «So'g'diyona»o'z maydonida eng kam ochko yiqqan – 9tadan.

Safar uchrashuvlarida «sherlar» eng ko'p ochkoni qo'lga kiritishgan – 18ta. «Neftchi» safar uchrashuvlarida eng kam ochkoni qo'lga kiritgan – 6ta.

Birinchi bosqichda urilgan 299ta goldan 177tasi (59, 2%) mezbonlar, 122 (40,8%) mehmonlar hisobiga yozildi.  

Bo'lib o'tgan 132 uchrashuvning  64tasida (48,48%) maydon egalari, 36tasida (27,27%) mehmonlar zafar quchishgan.  32 o'yinda (24,24%) esa tomonlar murosa ko'chasini tanlaganlar.


22ta tur davomida futbolchilar jami 493 bor sariq kartochka bilan jazolandilar (o'rtacha har bir o'yinga 3,73tadan kartochka to'g'ri keladi). 22 marta futbolchilarga qizil kartochka ko'rsatildi (o'rtacha har bir o'yinga 0,17tadan chetlatish to'g'ri keladi).

Uchrashuv hakamlari 48 marta 11 metrlik belgini ko'rsatishdi. 40 holatda (83,33%) to'p darvozaga kiritildi. 8 vaziyatda esa to'p darvozaga “kirishni” xohlamagan.

Birinchi bosqichda 10ta avtogol qayd etildi. Akmal Xolmurodov («So'g'diyona»), Tomislav Payovich («Navbahor») , Abdujamol Isroilov  («Neftchi»), Aleksandr Merzlyakov («Qo'qon-1912»), Asilbek Omonov («Buxoro»), Nemanya Yovanovich («Qizilqum»), Igor Golban («Nasaf»), G'iyosjon Komilov («Qo'qon-1912»), Kaxi Maxardze («Lokomotiv»), Marko Milich («Qo'qon-1912») o'z darvozalariga to'p kiritib qo'yishdi.

Dastlabki bosqichda 13ta dubl qayd etildi. 10 futbolchi bir uchrashuvda ikki marta gol urishdi. Ismoil Gonsalvesh («Paxtakor») 3 marta, SHahzodbek Nurmatov («Bunyodkor») 2 marta dublga erishdi. Marat Bikmaev («Lokomotiv»), Yovan Jokich (AGMK), Javlon Ibrohimov («Bunyodkor»), Javlon Ibrohimov («Bunyodkor»), Javlon Ibrohimov («Bunyodkor»), Islombek Isoqjonov («Metallurg»), Arslonmurod Omonov («Buxoro»),  Filip Rayevac («Bunyodkor»), Sardor Rashidov («Lokomotiv») va Murod Xolmuhammedov («Qo'qon-1912») esa bunday natijaga bir marta erishishdi.


To'rt futbolchi bir uchrashuvda uch marta gol urishgan. Elguja Grigalashvili («Qizilqum»), Azamat Allaniyozov («Navbahor»), Marat Bikmaev  («Lokomotiv») va Ismoil Gonsalvesh («Paxtakor»)  bu mavsumda xet-trik qayd etishdi.

Bellashuvlarini jami 1252793 muxlis bevosita o'yingohlarda tomosha qildi. (O'rtacha har bir o'yinga 9491 to'g'ri keladi).

Eng ko'p tomoshabin «Navbahor» – «Lokomotiv» uchrashuviga tashrif buyurdi – 25300. Eng kam tomoshabin esa «Bunyodkor» – «So'g'diyona» uchrashuviga borgan – 527 nafar.

Muxlislar to'plash borasida «Paxtakor» jamoasi peshqadamlikni qo'lga kiritdi – 276040. «Navbahor» 274928 ko'rsatkich bilan ikkinchi bo'ldi. «Buxoro» esa 266998 natija bilan uchinchi o'rinni band etdi. «So'g'diyona» o'yinlariga esa eng kam tomoshabin kelgan – 158115.


«Navbhor» jamoasi o'z maydonida ham eng ko'p ishqiboz to'plagan – 176503. «Lokomotiv» bu borada eng past ko'rsatkichga ega bo'ldi – 56725.

Safar o'yinlarida «Bunyodkor» jamoasining (138511) muxlisi ko'p. Safarda «Qizilqum»ning muxlislari eng oz – 81996.

Birinchi bosqichdagi 132 uchrashuvidan 15tasida yirik hisob qayd etildi. «Paxtakor» eng ko'p 4ta yirik hisobdagi g'alabaga erishdi. CHempionatning eng yirik hisobi «Metallurg» – «Paxtakor» (hisob – 0:5, 7-tur) uchrashuvida qayd etildi.

Bo'lib o'tgan 132 uchrashuv 13xil natija bilan yakunlandi. 1:0 hisobi eng ko'p – 30 marta, 2:1 – 24 marta, 2:0 – 16 marta, 1:1 – 14 marta, 0:0 – 13 marta, 3:0 va 3:1 – 11 martadan, 2:2 – 5 marta, 3:2 – 3 marta, 4:1 – 2 marta, 5:0, 4:2 va 4:0 - 1 martadan uchradi.  
 

Birinchi bosqich seriyalari

Eng uzun seriyalar – Jamoalar


G'alabali seriya – «Bunyodkor» - 5 uchrashuv
Mag'lubiyatsiz seriya – «Paxtakor» - 13 uchrashuv
Durangli seriya – «Qo'qon-1912» - 4 uchrashuv
Durangsiz seriya – «Buxoro» - 13 uchrashuv
G'alabasiz seriya – «Neftchi» - 19 uchrashuv
Mag'lubiyatli seriya – «Neftchi» - 5 uchrashuv
Golli seriya – «Navbahor» - 13 uchrashuv
Golsiz seriya – «Neftchi» va «Buxoro» - 4 uchrashuv
Gol o'tkazib yuborish bo'yicha seriya – «Bunyodkor» - 9 uchrashuv
«Quruq» seriya – «Nasaf» - «Navbahor» - 5 uchrashuv
Yirik g'alabali seriya - «Navbahor» - 2 uchrashuv
Yirik mag'lubiyatli seriya – «Nasaf» - 2 uchrashuv
Yirik g'alabasiz seriya – «Neftchi», «Nasaf» va «Metallurg» - 22 uchrashuv
Yirik mag'lubiyatsiz seriya – «Bunyodkor», «Paxtakor»,  «Navbahor» va «Lokomotiv» -  22 uchrashuv
CHetlatishli seriya - «Lokomotiv» - 2 uchrashuv
CHetlatishsiz seriya – «Paxtakor» va «Metallurg» - 22 uchrashuv

Eng uzun seriyalar – Futbolchilar
 
Golli seriya – Islombek Isoqjonov («Metallurg») 4 uchrashuv 5ta gol, Zohid Abdullaev («Metallurg») 4 uchrashuv 4ta gol
Quruq seriya (darvozabon) – Botirali Ergashev («Navbahor») 4 uchrashuv 495 daqiqa.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика