So’nggi yangiliklar

14:15Тонали: "Ньюкасл"да 10 йил қолиб, кейин бир неча йилдан кейин кетаман дея олмайман"  0 13:50Беларусь, Озарбайжон ва Тошкент клублари "Шўртан" футболчисига даъвогар  3 13:27А Серияда октябрь ойининг энг яхши футболчиси маълум  0 13:00"Андижон" "Ростов"нинг ўзига хос рекордини янгилайдими?  1 12:36"Навбаҳор" охирги марта Олмалиқда ютганида Искандеров ва Марушич гол урганди  1 12:32ФИФА "The Best" мукофоти учун номзод футболчилар, мураббийлар ва дарвозабонларни эълон қилди  1 12:10"Бухоро" "Нефтчи"ни охирги марта қачон ютган?  9 12:07"Реал" қишки харидларга тайёр: Модрич ўрнига 3 нафар номзод  4 11:39Майами мэри Мессига шаҳар калитини топширди  6 11:11"Нефтчи", "Андижон", "Қўқон-1912" ва "Қизилқум" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари  6 10:42"Бавария"нинг асосий футболчиси "Реал"га ўтишга розилик берди  4 10:15Тен Хаг мураббийликка қайтишга яқин (Фабрицио Романо)  1 09:47EЧЛ. 4-турдан сўнг чемпионлик учун даъвогарлар рейтинги янгиланди  0 09:20Роналду Рунининг Мессини ундан яхшироқ деган гапига жавоб қайтарди  26 08:52"Реал"нинг асосий футболчиси жароҳат олди  12

Bir yilda 1,6 million dollar xarajat qiladigan, qurilishiga 100 million dollardan oshiq sarflangan "Antalyaspor" arenaga sayohat Yangiliklar

Bir yilda 1,6 million dollar xarajat qiladigan, qurilishiga 100 million dollardan oshiq sarflangan "Antalyaspor" arenaga sayohat

Futbol akademiyasi bilan tanishib chiqqanimizdan keyin bosh menejer Ferda Ramanli jamoa delegaciyasini “Antalyaspor” stadioniga boshladi.

"Andijon" - "Antalyaspor": Strategik rivojlanishning turkcha modeli yoxud Evropa tomon eshiklarning ochilishi

"Corendon Airlines Park Antalya Stadium" muhtasham arenalardan biri sifatida yorqin taassurot qoldirdi. 

Stadion 2015 yilda ochilgan bo'lib 32 539 nafar tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oladi. Ushbu arena qurilishi uchun 100 million dollardan oshiq sarflangan. Stadionning ichki va tashqi ko'rinishi jamoaning ramziy ranglari – oq va qizilga burkangan. Arena direktorining aytishicha, stadionga ketadigan bir yillik harajat 1,6 million dollarni tashkil qiladi.

Stadionning ichki ko'rinishida, ayniqsa, raqib jamoa azolari kirib kelish yo'lakchalarida turli yozuvlarni ko'rish mumkin. Ular psixologlar bilan maslahatlashgan va futbolchilarni ruhlantirish uchun ijobiy tasir ko'rsatishi mumkin bo'lgan jumlalarni yozilgan. 

Stadion direktori Mitat Ridan yordamida seminar xonalari, matbuot anjumani va kiyinish xonalari tanishib chiqildi. Kiyinish xonasida katta ekran bo'lib, birinchi bo'limdan keyin o'yin tahlili uchun darhol ekranda namoyish etiladi va murabbiylar tomonidan futbolchilarga shunga qarab qo'shimcha ko'rsatmalar beriladi. Darvoqe, kiyinish xonasining orqa qismida kattaroq bo'lgan alohida yana bir xona bor bo'lib, u erda futbolchilar shug'ullanishi uchun sharoit yaratilgan. 

Stadionda quyosh batareyalaridan foydalaniladi. Ahamiyatlisi, muqobil energiya manbalaridan foydalangan holda qurilgan birinchi stadion hisoblanadi va quyosh panellari bilan ishlaydigan dunyodagi eng katta stadiondir. Arxitektura ko'rinishida ham bu o'zgacha tarzda yaratilgan. 


Matbuot anjumani xonasida “Andijon” klubi bosh direktori Ulug'bek Mirzaev “Antalyaspor” bosh menejeri Ferda Ramanliga jamoa libosini topshirdi. SHuningdek, klub bosh skauti Adnan Gulekka “Andijon” klubining esdalik sovg'asi berildi. SHu bilan birga janob Ramanli ham “Andijon” klubi bosh direktoriga esdalik sovg'alarini topshirdi. Bunday tanishuv amaliyoti ikki tomon uchun ham juda foydali ekanligini alohida takidlash o'rinli.


“Antalyaspor”da marketing yo'nalishidagi ishlar ham ko'ngildagidek. Stadon yonida klub do'koni joylashgan. U erda klub futbolkalari, sharf, kepka, umuman jamoa emblemasi joylashtirilgan yana boshqa kiyim-kechaklar sotuvi yo'lga qo'yilgan.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика