So’nggi yangiliklar

15:55Норвегия 99,9% ЖЧда! Эстонияга қарши кечган қийин ўйин тақдири 6 дақиқа ҳал қилинди!  0 15:35Миср ва Ўзбекистоннинг ўйин услублари ўхшаш бўлганми? Эктор Купердан жавоб  0 15:18А Сериянинг октябрдаги энг яхши футболчиси оғир жароҳат олди ва Африка Миллатлар Кубогини ўтказиб юборади  0 14:491995 йилги Нигерия билан ўйинлар, Кападзенинг дебюти, Наманганда меҳмон Уганда — Африка вакиллари билан ўйинларни эслаймиз  0 14:29Қатар ва Саудия Арабистони клублари Модричга даъвогарлик қилмоқда  0 14:00Абрамовнинг "Динамо"си тарих остонасида: ким совринли ўринлардан четда қолади?  7 13:38Меҳди Тареми: "Ўзбекистон даражаси нуқтаи назаридан кичик жамоа эмас, улар жуда сифатли футбол кўрсатади"  6 13:10Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди  10 12:52"Севинч" — 17 карра Ўзбекистон чемпиони!  3 12:31Рафинья индивидуал машғулотларга қайтди  1 12:04Миср етакчиларидан бири Ўзбекистонга қарши ўйнамайди  2 11:43Сака "Арсенал"нинг чемпионлиги ҳақидаги гап-сўзларга эътибор бермаслиги айтди  0 11:20Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида ўқув-машғулот йиғинига киришди  5 10:44"Манчестер Юнайтед" Германия терма жамоаси ҳужумчисини нишонга олди  0 09:53Месси шарафига "Камп Ноу"да унинг ҳайкали ўрнатилади  7

O'zbekiston kubogi finallari tarixidan. Abramov "Lokomotiv" bilan ilk sovrinini yutgan oqshomni eslaymiz Yangiliklar

O'zbekiston kubogi finallari tarixidan. Abramov "Lokomotiv" bilan ilk sovrinini yutgan oqshomni eslaymiz

O'zbekiston kubogi finallarini yodga olishda davom etamiz.

2014 yilgi O'zbekiston kubogi finalida "Lokomotiv" va "Bunyodkor" jamoalari sovrin uchun bellashishgan. 

Bilasiz, odatda finallar, markaziy va hal qiluvchi uchrashuvlar poytaxtda o'tkazilardi. Lekin, bu safar PFL o'zining ananasidan voz kechgan holda mamlakat kubogi finali mezbonligini Olmaliq shahriga ishonib topshiradi. Umumiy hisobda AGMK jamoasining uy stadioni shu yili ikkinchi bor katta uchrashuvni o'zida qabul qilayotgandi. Birinisi may oyida Ummonga qarshi o'rtoqlik o'yini edi. Yakuniy hal qiluvchi pallagacha “Bunyodkor” “Nasaf”ni, “Loko” esa “sherlar”ni turnirdan chiqarib yuborgani etiborga molikdir. Mutasaddilar finalni boshqarish uchun odatdagidek Ravshan Ermatovni emas, balki chetdan yani koreyalik taniqli hakam Kim Dong Jinni taklif qilishadi.



Bahsning ahamiyati nihoyatda yuqori sanalardi. Boisi, “Lokomotiv” chempionlik yo'lida “Paxtakor”ga imkoniyatni boy berib qo'ygan, “Bunyodkor” esa tarixidagi eng yomon ko'rsatgich to'rtinchi o'ringa tushib sovrindorlar qatoridan joy ololmagandi. SHuning uchun ikkala jamoa murabbiylari bor etiborlarini finalga qaratishgandi. Bellashuvni kuzatish uchun shu kuni ko'plab muxlislar, futbolimiz rahbarlari va taniqli shaxslar tashrif buyurgandi. Ular orasida serbiyalik mashhur mutaxassis Bora Milutinovich ham borligi nimanidir anglatardi. Aniq malumot emasku, lekin o'sha paytlarda terma jamoamiz va Mirjalol Qosimovga xorijdan maslahatchi murabbiy kelayotgani haqila xabarlar bong urardi. Bu aftidan Milutinovich degan taxminlar ham paydo bo'lgandi. Biroq, murabbiy bahsdan so'ng bu malumotlarni inkor qildi.

- O'zbekiston terma jamoasi sizni 2014 yilda murabbiylik lavozimiga taklif etgan ekan? Sizda O'zbekistondan taklif bo'lganmi?

- Bilmadim, biz hech qachon bu haqida gaplashmaganmiz. Men Toshkentda bo'lganman va shahringizda sayr qilganman. Toshkentdagi ikkinchi jahon urushida halok bo'lganlarga bag'ishlangan haykalni hali ham eslayman.

- Yani, sizda hech qachon O'zbekistondan taklif bo'lmagan. 2014 yilda ko'pchilik terma jamoamiz murabbiyi bo'lishingizni kutgan edi?

- Yo'q, taklif bo'lmagan, lekin men ham kutgan edim (kuladi).

Finalda favorit va ustunlik biroz bo'lsada Abramov shogirdlari tomonida edi. Ikkinchi davrada bir qator tajribali va mahoratli futbolchilar Geynrix, Mullajanov, Rahmatullaev, SHog'ulomov kabilar bilan kuchaygan “temiryo'lchilar”dan rahbariyat chempionlikni kutgandi. “Bunyodkor” esa Sergey Lushan kelgach ko'proq yoshlarga tayanadigan bo'ldi. Buning natijasida Doston Hamdamov, Akrom Komilov, Zabixillo O'rinboevlar katta futbolda debyut qilishdi. Lekin, klubdagi ayrim futbolchilar o'shanda Lushanning ishidan va munosabatidan noroziligi haqida eshitgandik.



Ichki muhit yaxshi emasligi haqida Oleksandr Pishur Ukraina nashriga bergan intervyusida takidlagandi. Muxlislarning umidi esa tarkibdagi yagona yulduz Sardor Rashidovdan edi. SHu kuni uni raqib safidan ikki futbolchi qo'riqlab yurgan, imkoniyat bermagandi. Bellashuv tengma-teng kurashlar ostida kechardi, Geynrixni esa himoyachilar ko'zdan qochirib yubormaslikga harakat qilardi. Lushan tarkibda o'zgarishlar qilish maqsadida o'zining shogirdlari Komilov, Hamdamov, O'rinboevlarni tushirib burilish yasamoqchiligini sezish qiyin emasdi. Ular kutilganidek o'yinni kuchaytira olmaydilar. Abramov esa bu borada shoshilmaydi. Raqibni kuchidan va taklif qilayotgan o'yinidan kelib chiqib ish tutadi. Asosiy bo'limlarda ikkita o'zgarishdan foydalangan Abramov, overtaymlarda Marat Bikmaevni zaxira quroli sifatida tashlaydi. Aynan Bikmaev to'pga ilk bor teginishida Hasanovga ajoyib pas uzatadi, Jasur darvozabon bilan birga bir vaziyatda to'pni darvozaga joylab qo'yadi - 0:1. "Bunyodkor" qolgan daqiqalarda hisobni tenglashtirishga harakat qiladi, lekin "poezd" ketib bo'lgandi. 

"Lokomotiv" o'z tarixida ilk bor mamlakat kubogini qo'lga kiritadi, “Bunyodkor” esa o'z tarixida uchinchi bor finalda kubokni qo'ldan boy beradi.



O'zbekiston kubogi-2014. Final.
“Bunyodkor” – “Lokomotiv” – 0:1
12.11.2014. Olmaliq. OKMK stadioni. 8057 tomoshabin.
Bosh hakam
: Kim Dong Jin (Janubiy Koreya).
Gol: Jasur Hasanov 106.
CHetlatish: Jasur Hasanov 119.
“Bunyodkor”: Akbar To'raev, Ivan Miloshevich, Akmal SHorahmedov (Akrom Komilov, 46), Oleg Zoteev (Dostonbek Hamdamov, 101), Anvar G'ofurov, Xayrullo Karimov, Samir Bekrich, Sato Minori, Sardor Rashidov, Javlon Ibrohimov, Vohid SHodiev (Zabixillo O'rinboev, 74).
Bosh murabbiy: Sergey Lushchan.
“Lokomotiv”: Ignatiy Nesterov, Salim Mustafoev, Islom To'xtaxo'jaev, Bobur Yo'ldoshev, SHavkat Mullajonov (Ibrohim Rahimov 61), Sadriddin Abdullaev (Jasur Hasanov), Fozil Musaev, Dilshod Rahmatullaev, Lutfulla To'raev, Alisher SHog'ulomov (Marat Bikmaev 106), Aleksandr Geynrix.
Bosh murabbiy: Vadim Abramov.





Abdulaziz Iskandarov tayyorladi 

Uchrashuv fotolarini taqdim etgani uchun O'FA fotografi Hasan Pirmuhammedovga minnatdorchilik bildiramiz.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика