So’nggi yangiliklar

08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  0 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  0 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  2 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  2 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  1 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  8 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  31 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   40 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  24 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  54

Bilasizmi? Karim Benzema – jahon futbolining tirik afsonasi! Yangiliklar

Bilasizmi? Karim Benzema – jahon futbolining tirik afsonasi!

Bugun franciyalik futbol yulduzi haqida gaplashamiz.

Karim Mostafa Benzema (1987 yilning 19 dekabrida) Franciyaning Lion shahrida tug'ilgan. U “Lion”da tarbiya topib, 17 yoshida asosiy jamoa tarkibiga safarbar qilingan. Faoliyatining avvalida uni David Trezegega o'xshatishdi, ammo biroz muddatdan so'ng Zinedin Zidan bilan taqqoslana boshladi.


“Lion”dagi ajoyib o'yinlari (148 o'yin – 66 gol, 28 asist) 2009 yilda “Santyagu Bernabeu” eshiklarini ochgandi. O'shanda Madrid superklubi 22 yoshli forvardning transferi uchun 35 mln evro sarfladi. “Real”da o'ynay boshlagach, hujumchining bo'lajak Ronaldo Luis Nazariu bo'lishi taxmin qilingandi. Albatta, Benzema bu ishonchni oqladi. Keling, uning  “qaymoqranglilar” safidagi statistikasiga nazar solamiz:

(hozircha) 501 o'yin, 241 gol, 133 samarali uzatma.

Ammo uning faoliyatida yuzaga kelgan bir muddatlik pasayish, vaziyatlardan surunkali ravishda foydalana olmasligi natijasida Madrid klubining ashaddiy muxlislari ham uni jamoada ko'rishni istamay qolgan paytlar bo'ldi. Murabbiylar shtabi esa hamon Benzemaga ishonch bildirishda davom etmoqda. Uning gollaridan ko'ra jamoaviy o'yinda amalaga oshiradigan say harakatlari futbol mutaxassislari uchun qadrliroqdir. Aks holda, Arsen Venger, Fabio Kapello, Karlo Anchelotti va Zinedin Zidan singari futbol akademiklari Benzemani jahonning eng kuchli markaziy hujumchisi sifatida etirof etmas edi. 

Qo'shimcha qilmoqchiman: davrlar o'tishi bilan uning barcha omadsiz harakatlari unutiladi. Ehtimol, Serxio Ramos eslanmay qolishi mumkin, ammo Karim Benzema emas.

Tasavvur qiling: 2050 yil. “Real” muxlisi o'z jamoasi tarixi  bilan maqtanmoqchi. O'shanda Ramos, Yerro, Figo, Ronaldo Nazariu yoki Devid Bekxemni tilga olmasligi mumkin. Lekin tarifi keltirilganlar orasida Karim Benzema bo'ladi. U yaqin  o'tmish futbolining afsonasi sifatida, “qirollik klubi” tarixidagi eng yaxshi to'purarlardan biri va eng yaxshi asistent sifatida eslanadi.

Benzema Ronaldudan o'zib ketdi

ECHL to'purarlari reytingida egallab turgan o'rni ro'kach qilinib, u SHevchenko, Di Stefano, Drogba, Pushkash-u Del Perolardan kuchliroq ekani ilova qilinsa kerak. 

To'g'rida, statistika shundan darak beradi. Bu malumotlar esa to'qima emas. 

Balki, yillar o'tib siz ham “SHeva boshqacha edi”, “Ronaldinoni sog'indim”, “Badjoga o'xshashi boshqa tug'ilmaydi” deganlaridek, “Karim Benzemaning maydondagi harakatlarini ko'rib aqldan ozarding”, “uni qarshisida eng zo'r himoyachilarning ham oyog'i qaltirardi” dersiz.

Avvallari ko'pchilik orasida bir fikr aylanib yurardi: “Benzema Ronaldu bilan yaxshi tandem hosil qilgani uchun sotilmadi”. Yo'q, aslida, aksincha bo'lgan. Benzema Krishtinuning sotib yuborilishiga yo'l qo'ymagan ekan.

Yuqorida etiboringizga havola qilingan hazil aralash bitiklarni to'g'ri qabul qilasiz degan umiddamiz. Siz ham franciyalik forvard haqida o'z fikrlaringizni bildiring.


Darvoqe, futbol mavsumi boshlangach, uning o'yinlaridan maksimal ravishda zavq olishga urining. Axir, u ham tez orada (o'tmish yulduzlari kabi) faoliyatini yakunlaydi.

Faxriddin Ro'ziev

Muallif :
Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика