Beyl yoz davomida Zidan bilan janjallashdi, ammo endi "Real" asosiy tarkibida
02 sen 2019 17:00
Yangiliklar
Beyl yoz davomida Zidan bilan janjallashdi, ammo endi "Real" asosiy tarkibida
Beyl o'tgan mavsumni asosiy tarkib futbolchisi sifatida boshladi. Krishtianu Ronaldu "Yuventus"ga ketganidan so'ng, aynan Beyl "Real"ning birinchi yulduziga aylanishi kutilgan edi.
Birinchi ishora: Tarkibga kirmay qo'ydi
Mavsum davomida "Qirollik klubi"da ikki marta murabbiy almashdi, mart oyida Zinedin Zidan jamoaga qaytdi. Ispan nashrlarining tasdiqlashicha, franciyalik mutaxassisning maoshini sezilarli darajada oshirishdi va tarkib tanlashda to'liq erkinlik berishdi. Zidan kelishi bilan Beyl zaxirada qola boshladi. Keyin "Real" noqulay vaqtda video elon qildi. Unda barcha futbolchilar ispanchada, birgina Beyl boshqa tilda gapirayotgani ko'rinib qolgan.
Zidan o'shandayoq Garetning ehtimoliy ketishiga birinchi marta ishora qilgan: "Keyingi mavsum haqida gapirmayman. Yana 10ta o'yin qoldi. Garet - jamoaning muhim azosi. U joriy mavsum va CHempionlar ligasi finallarida nima qilganini bilamiz. Beyl jamoaga ko'p narsa berishi mumkin va unga ishonch bildiramiz. O'nta o'yin o'tkazganimizdan so'ng, keyingi mavsumni rejalashtiramiz".
Aprel oyida Beylga muxlislar xushtak chala boshlashdi, ammo bu futbolchiga tasir qilmadi, u "Real"da qolishni istadi. Biroq Zidan boshqa fikrda ed. May boshida u Beylni ikki marta "Real" qaydnomasiga kiritmadi. Avvaliga u "men shunga qaror qildim" deya bahona qilgan bo'lsa, keyin ochiqchasiga "Maqsadim tushunarli" degan edi. O'sha vaqtda ko'plab nashrlar franciyalik kelasi mavsum Beyl, Dani Sebalos va Markos Lorentega ishonch bildirmayotganini yoza boshlashdi. So'nggi ikki o'yinchi ketdi, ammo Garet emas.
Uelslik mavsumning so'nggi o'yinida qaydnomaga kirdi va o'sha o'yinda birinchi katta mojaro kuzatildi: Birinchidan, qolgan futbolchilar muxlislar bilan xayrlashganida, Beyl tribunaga qarsak chalish uchun bormadi va kiyinish xonasiga kirib ketdi. Garet 51 mln. evro to'lashmasa jamoada ketmasligini aytdi.
Yozda mojaroga Beylning agenti Jonatan Barnett aralashdi. Angliyalik agent mijozining "Bavariya"ga o'tishi haqidagi mish-mishlarni yolg'on deb aytdi.
Ochiq janjal: Mavsumoldi yig'inda o'ynashdan bosh tortdi
Hamma tatilda bo'lganida portlashlar bo'lmadi. Ammo iyul o'rtasida, mavsumoldi turnirida Zidan intervyu berdi: "Beyl ketishga yaqin. Uning transferi ustida ishlayapmiz. U tez orada ketishiga umid qilaman. Bu hamma uchun yaxshi qaror bo'ladi". O'shanda masala hal bo'lgandek edi. Ammo "Qirollik klubi" munosib taklif olmadi.
SHundan so'ng Barnett yana tilga kirdi: "Zidan - bu sharmandalik. U "Real" uchun ko'p ish qilgan futbolchini hurmat qilmayapti".
"Birinchidan, men hech kimga hurmatsizlik qilganim yo'q. Ayniqsa futbolchilarga, chunki doimo shunday deyman: Klubdagi eng muhim insonlar bu o'yinchilar va men doimo ular tomondaman.
Ikkinchidan, klub (men emas) u bilan xayrlashmoqchi deganman. Nuqta. Uchinchidan, Garet "Bavariya" bilan o'ynashni istamadi. Beylning aytishicha, klub uning ketishi borasida muzokara o'tkazmoqda, shu sababli maydonga chiqishni istamadi".
Iyul oxirida Beylga Xitoy klublari qiziqish ko'rsatdi. Ammo transfer amalga oshmadi. Juda katta pul taklif qilinishiga qaramasdan futbolchining oilasi Xitoyga ko'chib o'tishni istamadi, bundan tashqari, "Real" 100 mln. evroga sotib olgan futbolchisini tekinga qo'yib yuborishni xohlamadi.
"Garet - "Real" futbolchisi, u baxtli. Oxirgi gapim shu" - dedi Barnett. Beyl "Arsenal" bilan o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi va gol urdi, ammo Zidan avvalgidek unga ishonmayotgandi: "Hech narsa o'zgarmadi". Bu hikoyadan so'ng Beyl Audi Cup turnirida ishtirok etishni xohlamadi. Jurnalistlar izlanishi natijasida uelslik "Tottenxem" - "Real" bahsi paytida golf o'ynayotgani aniqlandi. Zidan esa u formada emasligini aytgandi.
Kutilmagan yakun: Munosabatlardagi o'zgarish
Avgustning birinchi yarmida o'zgarish ro'y berdi: "Real" Beylni sota olmasligini tushundi, shu sababli futbolchi jamoa bilan shug'ullanib, uchrashuvlarda maydonga tusha boshladi.
"U ketayotgandek edi, biroq haligacha biz bilan. Beyl muhim futbolchi, boshlang'ich tarkibni tanlashda qiynaldim" - degandi Zidan birinchi turdan oldin. Beyl nafaqat qolishi, balki "Real"ning muhim futbolchisiga aylanishini hech kim kutmagan edi. Bunga jarohatlar tasir ko'rsatdi, ammo uelslik uchchala o'yinda ham asosiy tarkibda o'ynadi va bitta o'yinda almashtirildi.
"O'yindan oldin Beyl bilan u qolishi haqida suhbatlashdik. Jamoada bor futbolchilar hozir faqat mavsum haqida o'ylashmoqda. Garet qolganlar kabi yaxshi o'ynadi. Futbolchi qolishni istadi, biz unga ishonch bildiryapmiz. Beyl kuchli futbolchi ekanligini yana namoyish etishi kerak" - deydi Zidan.
Keyinroq Marca nashrida xabar paydo bo'ldi: Florentino Peres Beylni jamoaning asosiy futbolchisiga aylantirmoqchi.
Fikrlar