"Real" Beyl borasida yakuniy qarorni qabul qildi
27 mar 2019 11:44
Yangiliklar
"Real" Beyl borasida yakuniy qarorni qabul qildi
"Real" hujumchisi Garet Beylning jamoadagi taqdiri deyarli hal bo'ldi.
Malumotlarga ko'ra, "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres va jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan futbolchini sotib yuborishga qaror qilishdi. Futbolchining xohishidan qatiy nazar qaror o'zgarmaydi.
"Real" Beyl transferidan katta mablag' ishlab, bu pullarni boshqa futbolchilar xarid qilishga sarflamoqchi. Biroq hozircha na Beyl va na uning agenti bu haqida klubdan malumot olgani yo'q.
29 yoshli Beyl 2013 yilning yozida 101 mln. evro evaziga "Tottenxem"dan "Real"ga o'tgan edi. Joriy mavsum u LaLiganing 22ta uchrashuvida maydonga tushib, 7ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.
Fikrlar