Beyl borasidagi vaziyatni uch jamoa kuzatib yuribdi
25 mar 2019 21:26
Yangiliklar
Beyl borasidagi vaziyatni uch jamoa kuzatib yuribdi
"Real" yozda o'z vingeri Garet Beylni sotuvga qo'yishi mumkin.
AS xabariga ko'ra, 29 yoshli futbolchi yozda jamoasini tark etishi ehtimoli yuqori. Hozirda rahbariyat uning kelajagini muhokama qilishmoqda. Bu boradagi vaziyatni "Manchester Yunayted", "Tottenxem" va "Bavariya" kabi jamoalar kuzatib borishmoqda. Agarda transferga qo'yilsa, ushbu jamoalar uelslik bilan muzokaralar boshlashga tayyor turibdi.
Bu mavsumda Beyl "Real" tarkibida 35 o'yinda qatnashib, 5 gol kiritdi. "Transfermarkt" uni 70 million evroga baholagan.
Fikrlar